O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix fakulteti


Download 217.01 Kb.
bet6/23
Sana15.03.2023
Hajmi217.01 Kb.
#1269094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-Maruza matni

Davlat boshqaruv tartibi. Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy hayot borasida yana ikki muhim masala bevosita katta o‘rin tutadi. Bu amirlikdagi davlat boshqaruvi, uning siyosiy tizimi hamda harbiy qo‘shin masalasidir. XVIII asr so‘nggida, 1798 yilda yozilgan Mirzo Badi devonning “Majma al-arqam” asarida berilgan ilovani hisobga olmaganda, shu vaqtga oid maxsus manbalar hali topilgani yo‘q. Bu xol o‘z vaqtida ushbu masala yuzasidan tegishli xulosa chiqarishni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Qolgan manbalarning aksariyatida davlat boshqaruvi, amalu-unvonlar, lavozimlar xususida umumiy jihatdan so‘z yuritiladi. Undan tashqari “Majma al-arqam” asarida qayd etilgan holatlar, asosan XVIII asr oxiridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda qayd etilgan bo‘lib, XIX asr davomida ko‘p holda o‘zgarmagan ham deyish mumkin.
O‘rta asr musulmon sharqi boshqaruv tizimiga xos bo‘lgan dargoh (qonun chiqaruvchi) va devonlar (ijroiya etuvchi) tizimi Ashtarxoniylar davridayoq yemirilib bo‘lgan edi.
Markaziy boshqaruv tizimi XIX asrga kelib asosan to‘liq dargohda o‘z aksini topdi. Ijroiya vazifalari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda yoki biron-bir yirik arbob faoliyatida mujassamlasha borgan. Buxoro davlatidagi hokimiyat mutlaqo amir qo‘lida mujassam edi. Amirning huquqi hech bir narsa bilan cheklanmagan, “Ollohning hohishi bilangina u davlatni boshqarar edi”, deb hisoblanar edi.
XIX asrda Buxoro amirligidagi markaziy ma’muriy boshqaruv devonida qo‘shbegi amirdan so‘ng birinchi o‘rinda turgan. Lekin, XVI-XVII asrlarda avvalo otaliq so‘ngra naqib lavozimlari boshqaruvda asosiy o‘rinni egallagan edi. Otaliq (turkiycha - ota o‘rnini bosuvchi) hukmdorning eng yaqin kishisi bo‘lib, asosan unga shahzodalarni ta’lim-tarbiya bilan voyaga yetkazish, ularni himoya qilish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va boshqa vazifalar topshirilgan. Otaliqqa shuningdek Samarqanddan Qoraqulgacha bo‘lgan yerlardagi suv taqsimoti hukmi, poytaxt Buxoroning kechki ichki muxofazasi ma’suliyati yuklatilgan edi.
XIX asrning 2-yarmiga kelib muhim mansablardan biri to‘pchiboshiyilashkar bo‘lib qoldi. U oliy harbiy unvonlardan biri hisoblanib, XVII-XVIII asrlardan boshlab uning ahamiyati o‘sib bordi. XVIII asr so‘nggida u ishonchli vakil sifatida "ba’zida hukmdor suhbatida o‘tirish sharafiga muyassar bo‘ladi", deyiladi. To‘pchiboshiyi-lashkar Buxoro shahri garnizonining, xonlikdagi artilleriyaning hamda harbiy qismlardagi qo‘shin boshliqlarining rahbari ham edi. Uni ko‘p holda harbiy vazir (vaziri -xarb) deb atashar edi. To‘pchiboshiyi arki-oliy-qal’a artilleriyasining boshlig‘i poytaxt qal’asining komendanti hisoblangan.
Shuningdek, amirlikda undan tashqari, bosh hoja (haram xodimlari boshlig‘i), mehtar (zakot va boshqa ishlarga mas’ul), yurtchi (obodonchilik va ko‘chalar orastaligiga mas’ul), eshik og‘a- boshi, mirohur (hukmdor otxonasi boshlig‘i), shig‘ovul (chet ellik mehmon, elchilar qabulini uyushtiruvchi), mirzaboshi, xazinachi, qo‘rchiboshi, chuhra og‘aboshi (xon shaxsiy soqchilari boshlig‘i), jarchi, tavochi (harbiy xabardor), bakovulboshi, qorovulbegi, dasturxonchi, jevachi (harbiy qurol-aslaxa ombori boshlig‘i), to‘qsoba (o‘z bayrog‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i) bahodir va boshqa unvonumansablar, lavozimlar ham bo‘lgan. "Majma al-arqam" asarida jami 30 tadan ziyod unvon, lavozimlar nomi sanab keltiriladi. Lekin, XIX asrning 2yarmiga kelib yuqorida ta’kidlanganidek, ularning ko‘pchiligi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, va rasmiy darajadagi lavozimlarga yoki faxriy unvonlarga aylanib boradi. Diniy ulamolar, ruhoniylar amirlikda alohida toifa bo‘lib, amir xuzurida to‘n ustidan belbog‘ taqmaydigan yagona shaxslar hisoblanar edilar.
Diniy ulamolar ichida eng katta va obro‘li shaxs―shayxulislom hisoblanar edi. Shayxulislom (arabcha — musulmon, islom jamoasining boshlig‘i) marosim, tantana va qabullarda amirning o‘ng tarafida birinchi bo‘lib o‘tirar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Shayxulislom lavozimiga kelib chiqishi sayidlardan bo‘lgan, tafsir, fiqh, hadis va boshqa diniy ilmlarni mukammal biladigan kishi tayin etilgan. Amirlikda Xoja Ahror valiy avlodidan bo‘lgan shaxslar asosan shayxulislom lavozimiga o‘tirar va XVIII asr oxirlariga qadar bu holat davom etgan. Shayxulislomdan keyingi daraja - qozikalon lavozimi hisoblangan. Qozikalon (arabcha-forscha-qozi ul-qurot, oliy qozi) - amirlikning oliy sudyasi (hakami) - umumiy sud, ijtimoiy adolat bilan bog‘liq masalalar, musulmonlar, birinchi navbatda miskinlarning haqhuquqlarini himoya qilish, madrasalardagi vaqf ishlari,
karvonsaroylardagi tartib va boshqalar uning vakolatiga kirgan. Unga harbiy ishlar qozisi- qozi askar ham bo‘ysungan. XIX asrning 2-yarmidan qozikalon lavozimi amalda eng katta diniy lavozimga aylanib borib, shayxulislom darajasi esa rasmiy unvonga aylanib qoldi.
Yuqorida qayd etilganidek, Buxoro amirligidagi yana bir e’tiborga molik muhim masala - bu harbiy qo‘shin masalasidir.
Qo‘shin odatda 2 qism: amir huzuridagi otliq gvardiya-navkarlar va urush boshlangudek bo‘lsa xalqdan yig‘iladigan yollanma qo‘shindan iborat bo‘lgan (qoracherik, qoraqozon, qilkqo‘yruq). Qoracherik — oddiy xalqdan to‘plangan yollanma piyoda qo‘shin, uning ustiga o‘z mehnat qurollari, ba’zan kamon-o‘q, nayza bilan qurollangan bo‘lar edilar. Navkarlar esa otli bo‘lib, ularning qurol-yarog‘lari qoracherikdan keskin farq qilar, moddiy ta’minotlari ham amir tomonidan kafolatlanar edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra XIX asr boshidagi navkarlarning soni 3600 tacha bo‘lgan.
Amir Nasrullo (1826 - 1860) hukmronligi davrida muntazam qo‘shin yuzaga kelgan. 1834 yili Buxoroda bo‘lgan P.Demezon amirlikda 19.000 yollanma askar mavjud bo‘lgan deb, yollanma askar beruvchi hududlarni sanab o‘tadi. Jumladan, Buxoro viloyati - 12.000, Samarqand - 2500, Qarshi - 2500, Maymana - 1000, Qorako‘l - 1000ta askar berishi lozim bo‘lgan. Bu harbiy kuchlar chegara qo‘rg‘onlari va asosiy shaharlarda joylashtirilgan. Undan tashqari turkmanlar qo‘shimcha ravishda o‘z hisoblaridan 18.000 harbiy askarlar tayyorlab turishlari kerak bo‘lgan. P.Demezon Nasrulloning 1833 yili Shahrisabzga yurishini ta’kidlab, amir faqatgina 5.000 kishi yig‘a olganligi va shuncha turkmanlardan askar olinganligiga to‘xtalib, oziqovqat taqchilligi sabab bu yurish uch haftada tugaganligini alohida qayd etib o‘tadi. Oddiy askarlar yiliga taxminan 150 rus rubli (taxminan 187,5 Buxoro tangasiga teng) hisobida maosh olgan. Uning bir qismi pul, bir qismi mahsulot holatida berilgan. Pilta miltiqqa ega bo‘lganlar to‘fangchi va botirlar deb yuritilgan. P.Demezonning ma’lumotiga ko‘ra poytaxtda 810 ta zambarak mavjud bo‘lgan. Yilda bir marotaba amir qo‘shinning umumiy ko‘rigini o‘tkazgan. Ko‘rik vaqtida hamma harbiylar mukofotlangan, oddiy askarlarga esa 10 tangadan mukofot berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, doimiy qo‘shin-sarbozlar 1837 yili rus asirlari va fors qullari ishtirokida tashkil etilgan. Avval boshida sarbozlar bataloni 800 kishidan iborat bo‘lib, qo‘shimcha 250 chog‘li kishilardan to‘pchilar guruhi-artilleriya tashkil etildi. Sarboz va to‘pchilar movutdan qizil, qora, sariq rangdagi formalar, echki yungidan qilingan shalvar va charm poyafzal, bosh kiyim bilan ta’minlanadigan bo‘ldilar. Sarbozlar bataloni- O‘rta Osiyodagi I-doimiy qo‘shin edi. Ular joylashgan kazarma Buxoroning O‘g‘lon va Talpoch darvozalari oralig‘ida edi. Har bir capbozga amir tomonidan uy-joy qurib berilib, tez orada "Sarbozxona" degan yangi mavze tashkil topdi. Sarbozlar sonining o‘sishi bilan har bir batalon 700 kishidan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida 7 ta rota (dasta)ga bo‘linar edilar. Har bir rota 2 qismga ajralgan (nim dasta), ular esa 4 ta vzvod (rasad) va 8 ta yarim vzvod (bara)lardan iborat bo‘lgan. Odatda rotaga-yuzboshi, uning yordamchisi qorovulbegi, vzvodlarga-panjagboshi bosh bo‘lib, uning yordamchisi panjagboshi hur bo‘lgan.
1856 yildan boshlab esa capboz va to‘pchilarga 3 oyda bir marotaba to‘lanadigan oylik maosh miqdori: oddiy sarbozga - 1 tillodan bir oyiga, dahboshlarga - 1,5 tillodan pul berilgan. 2 ta tuman daromadi bevosita sarbozlar ehtiyojiga ketgan. Bu daromadlarni sarbozlar boshlig‘i taqsimlagan. Zobitlar oyligi quyidagicha bo‘lgan:
Oyiga: yuzboshi - 6 tillo (24 s. kumush pul)
Qorovulbegi-4 tillo ( 18 s. kumush pul)
Panjagboshi -85 tanga (17 s. kumush pul)
Panjagboshi hur - 50 tanga (10 s. kumush pul)
Bosh lashkarboshi yiliga 2000 tillo tanga oylik daromad olgan. Unga Bo‘ston qishlog‘i va Qal’ai-siyoh qishlog‘ida joylashgan 20 ta tegirmon foydasi ham kelib tushgan.
Jami amir ihtiyorida shu vaqtda 50 ta zambarak bo‘lgan. Qurol-yarog‘ tayyorlash uchun qo‘rg‘oshin esa asosan G‘uzordan olingan. Qurollarning aksariyat ko‘pchiligi Samarqandda ishlangan, Qarshida esa ko‘plab xususiy qurol-aslaha omborlari mavjud bo‘lgan. Yurishlar vaqtida sarboz, to‘pchi va zobitlarga alohida oziq-ovqat puli ham berilgan. Maxsus artilleriya parki mavjud bo‘lib―u korxona nomi bilan yuritilgan. Sarbozlar odatda sanchiqli, pilta miltiqlar bilan, to‘pchilar-to‘pponcha va rus kavaleriya qilichlari bilan qurollanganlar. Shuningdek, zobitlarda sanchiqsiz qurollar, yuzboshilarda ikki o‘qli miltiqlar, to‘pponcha, kumush halli buxorocha qilichlar ham mavjud bo‘lgan edi. Sarbozlarning asosiy faoliyati to‘pchilarni himoya qilish, jangga oldingi saflarda kirishdan iborat edi. Shuning uchun ham ko‘pchilik yurishlarda sarbozlarning ma’lum qismi kirilib ketar edi. Masalan, 1842 yilgi Qo‘qon, 1855 yilgi Shahrisabz yurishlarida sarbozlarning deyarli yarmi qirilib ketgan.
Armiyada tartib-intizom ancha zaif bo‘lgan. Qo‘shin, jumladan sarbozlar ham yurishlarda o‘zlarining e’tiborlarini talonchilik, boyishga qaratganlar. Misol uchun, 1842 yilgi amirning Qo‘qon yurishi vaqtida Abdusamadxon boshchiligidagi sarbozlar Qo‘qon xoni Muhammad Ali saroyini shafqatsiz tarzda talon-taroj qildilar.

Download 217.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling