O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


Download 1.31 Mb.
bet1/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


HAYITBOY MIRHAYDAROV

«SHE’R POETIKASI»

kursidan o’quv-uslubiy majmua




Guliston - 2017

H.Mirhaydarov. «She’r poetikasi» fani bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologoiya asosida yozilgan o’quv –uslubiy majmua.


Guliston shahri, 2017 yil.


O’quv-uslubiy majmuada she’r poetikasi va uning tahlili she’rshunoslikning so’nggi yutuqlari bo’yicha pedagogik-texnologiya asosida o’z ifodasini topgan.


5.220 100 – O’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan o’quv-uslubiy majmua.

Guliston Davlat universiteti o’quv metodik Kengashi tomonidan («16. 08.» 2017 yil 14- son bayonnoma) nashrga tavsiya etilgan.


Taqrizchilar: fil.fan.nomzodlari, dotsentlar:


Umurzoq O’ljaboyev,
Vahob Rahmonov.

M U N D A R I J A :


Kirish………………………………………………………………………3


Ishchi dastur……………………………………………………………….4
Birinchi modul……………………………………………………………22
Ikkinchi modul…………………………………………………………....26
Uchinchi modul…………………………………………………………...41
Seminar mashg’ulotlari…………………………………………………...58
Adabiyotlar……………………………………………………………......65


K I R I SH
Mustaqillik bergan milliy g’oya, mafkura va milliy ma’naviyat badiiy adabiyotning o’qitilishini tubdan o’zgartirishni taqozo qilmoqda. Istiqlolgacha badiiy adabiyotni g’oyaviy-ijtimoiy yo’sinda o’rganish hokimlik qildi. Endilikda badiiy adabiyotni, jumladan, she’riyatni aslicha, ya’ni asrlardan beri hosil bo’lgan tajribalar asosida inson ruhiy olamining badiiy – nazmiy tarixi sifatida o’rganish va talqin qilish imkoniyatiga keng yo’l ochildi.
She’riyatni o’rganishda sharqona ilmiy uchlikning ahamiyati chandon susayib ketgan edi. Hatto she’r ta’limi bo’yicha biror yo’riqnoma, o’quv dasturi yaratilmadi. Qolaversa ta’lim rejasidan o’rin olmadi. Vaholanki, ilmiy uchlik- ilmi sanoe, ilmi aruz, ilmi qofiyasiz she’r ta’limi haqida so’z bo’lishi mumkin emas. Ayniqsa, ilmi badoesiz nazmiyotning na balog’at (kalom), na fasohati (sintaksis) badiiy idrok qilinadi.
«She’r poetikasi» kursi she’rni poetik jihatdan so’z san’ati hodisasi sifatida tahlil va talqin qilishni o’z oldiga maqsad hamda vazifa qilib qo’yadi.
O’n asrlik o’zbek mumtoz va asrga teng zamonaviy o’zbek she’riyati adabiyot tarixi kursida imkon qadar o’tiladi, ammo u nazariy va amaliy jihatdan mustaqil kurs sifatida o’rganilmaydi. Mazkur kurs ana shu maqsadni amalga oshirish borasidagi dastlabki qadamdir.
«Adabiyotshunoslikka kirish» kursida she’rshunoslikka oid olingan nazariy bilim «She’r poetikasi» kursida yanada chuqurlashtiriladi. Yangi mavzu va muammolar qo’shilib, poetika talabi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Xususan, talabalar she’r poetikasi va she’riy matnni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish hamda talqin qilish malakasiga ega bo’ladilar.
Badiiy adabiyotni nazariy idrok qilishning uch asosiy vazifasi: adabiy-badiiy ijod asoslari, adabiy jarayon qonuniyatlari, badiiy asar tahlili tamoyillari mavjudki, mazkur kurs uchinchisiga mansubdir.
Metodik usullar badiiy asarning tabiatidan kelib chiqadi, «…har bir asar uning tabiatiga muvofiq o’qilishi va tahlil qilinishi lozim» (M.A. Ribnikova). Ana shu fikrdan kelib chiqib, badiiy ifoda shakli she’r ham o’z tabiatiga ko’ra o’rganiladi va tahlil qilinadi.
Qo’lingizdagi o’quv- uslubiy majmua mavjud dastur asosida tayyorlanib, zamonaviy pedagogik texnologiya tizimiga suyangan holda unda ishchi dastur, dars va identiv o’quv maqsadlari, mavzu bo’yicha tayanch tushuncha va iboralar, o’rganilishi zarur bo’lgan muammolar, nazorat savollari, talabalar mustaqil o’zlashtirishi lozim bo’lgan topshiriqlar, amaliy va seminar mashg’ulotlarini bajarish tartiblari (metodik ko’rsatma) hamda har bir mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy masalayu muammolar, nihoyat birlamchi va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati, modullar bo’yicha yakuniy mashg’ulot, nihoyat reyting ishlanmasi berilgan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling