Etnikos(yunon)
– xalqchil, xalq tomonidan yaratilgan.
Etnogenez(yunon
–tug‘ilish) – xalqlarning kelib chiqishi.Etnogenez etnoslar
mavjudligining sezilarli qismini qamrab oladi, ham bir xalqning yuzaga kelishi boshlang‘ich
bosqichlari va ham uning etnografik-lingvistik va antropologik jihat
dan o‘ziga xos tarzda
keyingi rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Etnografiya(yunon)
– etnos – xalq, grafo-ta‘riflash, xalqni ta‘riflayman.
Etnografizm
– biror manba(masalan kitob)da etnografik o‘ziga xosliklarning mavjudligi,
tavsiflar, tafsilotlar.
Etnojug’rofiya – etnografiya qismi bo‘lib, o‘tmishda va hozirdagi etnoslar tarqalishining
o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi.
Etnoijtimoiy
– etnik va ijtimoiy omillarning shartli uyg‘unlashishi.
Etnokratizm
– keng ma‘noda milliy masalani ijtimoiy rivojlanishning boshqa barcha
muammolari ichida ustuvor ekanligini anglatadi, tor ma‘noda bir yoki bir necha milliy
guruhning boshqalari ustidan hukmronligini bildiradi.
Etnolingvistika
– xalq, qabila ruhiy, etnik va hokazolarni o‘ziga xosliklarini tadqiq
etuvchi, ular til
tizimini o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi.
Etnologiya(yunon-
tushuncha, ta‘limot plyus xalq) – etnografiyaga yaqin bo‘lgan
tushuncha, lekin undan farqli o‘laroq xalqlar madaniyatining rivojlanishi, umumlashtiruvchi
ilmiy sohadan iboratdir. Bunda etnografiya avvalo tavsifiy fan sanaladi, shu bilan birga
umumlashtirishning muayyan darajasini inkor etmaydi. Turli mamlakatlarda bu fan turlicha
nomlanadi. Uni ko‘pincha etnoslar haqidagi fan, aholishunoslik, ijtimoiy antropologiya va
hokazo tarzda nomlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |