O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
-savol: Etnik jarayonlarni tadqiq qilish
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
5-savol: Etnik jarayonlarni tadqiq qilish.
5-savol bo`yicha dars maqsadi: Etnik jarayonlar tushunchasini ta‘riflash, ularni tadqiq qilishni o`rganishdan iborat. 5-asosiy savolning bayoni: Etnologiya fanida bugungi kunda etnologik ekspeditsiyalar davomida etnik jarayonlarni tadqiq etish asosiy vazifa hisoblanadi. Etnolo gik ekspiditsiyalar davomida etnik jarayonlarni tadqiq qilish borasida, ularning o‘ziga xosligini ta‘kidlovchi ikkita uslub bor. Birinchisi: etnotransformatsion jarayonlar, ya‘ni ma‘lum tarixiy davr mobaynida bir etnik xolatdan boshqasiga o‘tish, ya‘ni ma‘lum kishilar guruhining etnik o‘zligini o‘zgartirishdir. Ikkinchisi: etnos xayotining turli o‘zgarishlarga uchrashiga qaramasdan o‘zligini saqlab qolishi Etnoevalyutsion jarayonlar deb ataladi. Zamonaviy etnik jarayonlarni o‘rganish ikkita turi mavjud. Birinchisi bo‘linish: ya‘ni ma‘lum bir xalqning bir necha mustaqil etnosga aylanish jarayoni. Ikkinsisi qo‘shilish: tili, madaniyati, yaqin bo‘lgan bir necha millatlar, xalqlar yoki elatlarning qardosh etnoslarning birlashuvi tushuniladi.bo‘linish etnik jarayonlari ibtidoiy jamoaa tuzumi davrida keng tarqalgan bo‘lib, qabilalarning kengayishi va ko‘chishlari natijasida ro‘y bergan. Hozirgi davrda esa qo‘shilish jarayonlari ro‘y bermoqda. Etnologik tadqiqotlar davomida qabilalar birlashuvini, elatlar va xa lqlar qo‘shiluvidan farq qila bo‘lmog‘imiz zarur. Xalqaro etnik jarayonlar deganda etnik assimilyatsiya (aralashuv) va etnoslararo integratsiya(yaqinlashuv) nazarda tutiladi. Etnik aralashuv (assimiliyatsiya) deb ma‘lum bir xalqning ko‘p sonligi bo‘lmagan guruhning boshqa yirik xalq yoki millat bilan qo‘shilish jarayoniga bitiladi. Tarixan assimiliyatsiyaning ikki turi mavjud: majburiy va tabiiy. Vatanimiz hududida bir million yillar avvaldan odamlar yashay boshlagan. Ibtidoiy odamlar to‘dasi bir necha o‘n kishidan oshmagan, juda ko‘p bo‘lsa oltmishtagacha odam (bolalari bilan) bo‘lgan. Ovchilik va termachilik bilan kun kechirib ko‘chib yurganlar. Muste va yuqori poleolit davridan o‘troq turmush tarzi shakillana boshladi. Ayni xollarda poleolit ovchilari yirik sut emizuvchilarga boy joylarda uzoq muddatga yashab kelganlar. Yirik xayvonlarni ov qilish imkoniyati poleolit davrida hamma joyda ham bir xilda bo‘lmagan. Shu sababli o‘sha davrdan insoniyat taraqqiysida notekis rivojlanish vujudga keldi. Ibtido iy davrga ta‘luqli etnologik ma‘lumotlarni to‘plashida elshunos arxeologik tadqiqotlarda ishtirok etishi katta samara beradi. Quldorchilik va feodal munosabatlarga o‘tish davrini o‘rganishida yozma manbalar qo‘l keladi. Lekin bu manbalarda etnik ma‘lumotlar kam. - 51 - Sinfiy jamiyatning tashkil etishi yangi etnik birlik, qabila yoki qabila ittifoqidan keyingi-el, elatni vujudga keltirdi. Yangi etnos, o‘zidan past ijtimoiy-iqtisodiy darajada yashayotgan qabilalar uchun markazga aylandi, hamda ularni qaloq va yovvoyi qabilalar (varvarlar) deb atadi. Eramizning birinchi ming yilligida dunyoning deyarli xamma joylarida etnik diffentsiya va integratsiya jarayonlari keng ko‘lamda sodir bo‘ldi. Hozirgi davrdagi ko‘pchilik xalqlarning etnik tarixi ana-shu davrga borib taqaladi. Feodal munosabatlar qaror topishi davrida ko‘chmanchilarning buyuk ko‘chishi, ularning antik imperiyalarga ta‘siri ham ancha bo‘ldi. Etnik jarayonlarda ko‘plab o‘zgarishlar yuzaga keldi… Etnologik ekspeditsiyalar paytida markazdan (shahardan) qanch alik uzoqlashsak an‘anviy madaniyatning belgilari shunchalik kuchayib boradi. Buning teskarisida, yirik shaharlarda yashab kelayotgan ahli guruhlarida zamonaviy madaniyat ko‘rinishlari ustun turadi. Madaniyatning baynamillashuvi –umumiy tarixiy jarayon bo‘lib, etnologiya fanida qizg‘in baxslarga sabab bo‘lgan. Har qanday madaniyat chuqurroq tadqiq etilsa, mazkur etnosga, geografik muhitga xos bo‘lgan o‘zligi topilishi mumkin. O‘lkamiz aholisining etnogenezi, va etnik tarixini o‘rganishda ham anchagina muammolar bor. Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirgi xalqlarning birontasi ham ushbu o‘lkada yashagan qadimgi etnik guruhlarga kirmaydi. So‘g‘diylar, o‘zbeklar va tog‘liklar tarkibiga kirgan. Sak va massagetlar esa turkmanlarni shakillanishida, qoraqalpoqlar, o‘zbeklar va qozoqlarni qisman tog‘liklarni shakillanishida ishtirok etganlar. Qadimgi turkiy xalqlarnigina emas, balki qimsan Eron tilida gaplashuvchi xalqlar etnogenezida ham muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik Dashti- Qipchoq, elementi o‘zbeklar, qozoqlar va qisman qoraqolpoqlar tarkibiga kirgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari qadimdan etnik qardoshlik rishtalari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning xo‘jaligi maishiy turmushu va madaniyati yaqinligining sababi yuqoridagi fikrlar bilan bog‘lanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling