O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
2-asosiy savol: G‘arbiy Osiyo xalqlari. 2-asosiy savolning bayoni: - 66 - Axolining asosiy an‘anaviy xo‘jaligi dexqonchilikdir. Qisman yarim ko‘chmanchi va ko‘chmanchi chorvachilik xam mavjud. Dexqonchilik sun‘iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib to‘g‘onlar, suv omborlari, kanal va ariqlar, korizlardan qadim-qadimlardan foydalanib kelinmoqda. Eron va Afgonistonda lalmiga don ham ekilgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari boshoqli donlar, xurmo, sholi, sitruslar, poliz ekinlaridir. Turkiya, Eron, Afg‘onistonda paxta, tamaki, bog‘dorchilik muhim o‘rin egallaydi. Moddiy madaniyati. G‘arbiy Osiyo xalqlarining ko‘pchilik qismi qishloqlarda yashaydi. Qishloqlarning ko‘pi yirik bo‘lsada, uylari tartibsiz, rejasiz qurilgan. Qishloq markazida bozor, masjid, qaxvaxona, choyxona, boshqaruv muassasalari joylashgan. Tog‘lik xududlarda uylar tosh, voxalarda guvala, xom g‘ishtlardan, paxsadan quriladi. G‘arbiy Osiyoda xozirgi paytgacha ma‘lum sondagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvador xalqlar xam yashaydi. Arab badaviylari yozgi yaylovlarida yuzlab chodirlar tikiladi. Texnika va aloqa vositalari o‘ta zamonaviy bo‘lsada, an‘anaviy xo‘jaligi o‘z axamiyatini yo‘qotmay qelmoqda. G‘arbiy Osiyo aholisi uy-xonadonlari to‘rtburchak shaklida qurilib (ichkari va tashqari) 2 qismga bo‘linadi. Uy jixozlari bo‘yra-kigiz, gilam, taxta krovatlar, sandiqlardan iborat. Mebellardan stol, stullar, xontaxtalar mavjud. Idishlar sopol va temir buyumlardan tashkil topgan bo‘lsada, qishloqlarda quritilgan qovoqlardan qilingan idishlar ham uchrab turadi.Bugungi kunda zamonaviy fabrika idish- tovoqlar an‘anaviy buyumlarni o‘rnini olmoqda. Kiyimlari. Erkaklar beldan pastga tushadigan ko‘ylak keng ishton, chopon, yaxtaklar, turli bosh kiyimlari kiyishadi. Qishda qo‘y terisidan tikilgan po‘stinlar xam kiyiladi. Afg‘onistonda pushtunlarda chakmonlar xam mavjud. Arablar kufiya, Eron va Afg‘onistonda qorako‘l teridan tikilgan telpaklar asosiy bosh kiyimdir. Oyoq kiyimi sandal, tufli, etiklardan iborat. Ayollar esa to‘pig‘igacha ko‘ylak, uzun tor lozim, ustilariga shuningdek turli yaktak ko‘rinishidagi kiyimlar kiyishgan. Boshlariga ro‘mol o‘rashib turli zargarlik buyumlari taqishadi. Taomlari: bug‘doy, non, o‘simlik va sut mahsulotlaridan iborat. Kofe, ko‘k va qora choy asosiy ichimliklardir. Ma‘naviy madaniyati G‘arbiy Osiyo xalqlari falklori nihoyatda boy. Jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan «Ming bir kecha» ertaklari shu xududda yaratilgan. Dinlari: islom (sunna va shia mazxablari) xristianlik, buddizm mavjud. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling