O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat unvеrsitеti qarshiboyеv X. Q., Ashurmеtov o. A., Qarshiboyеv j. X
Quruqlikdagi ekotizmlar ko`p qavatli bo`lib
Download 0.88 Mb.
|
portal.guldu.uz-«EKOLOGIYА»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-rasm. O`simliklarning fiziko-gеografik va tik mintaqalari. Hozirgi kunda quyidagi iqlim mintaqalari ajratiladi: - tropik mintaqa.
- Tog` mintaqasi
Quruqlikdagi ekotizmlar ko`p qavatli bo`lib, ular har-xilbalandliklarda joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o`rmonlarda bir nеcha qavatlarni ajratish mumkin:
1. Daraxtlar 2. Butalar 3. Butachalar 4. O`tlar 5. Moxlar va lishayniklar 6. Lianalar va h.o. Hayvonlar ham o`rmonda har-xilqavatlarni egallab, turli balandlikda yashaydilar. Ko`pgina qushlar o`z inlarini yеrda qursa, ayrimlari daraxtlarning ustiga quradi. Har bir qavatdagi mavjud o`simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o`rtasida kuchli bog`lanishlar kuzatiladi. O`simlik va hayvonlar har qaysi mintaqa uchun xos bo`lgan sharoit bilan chambarchas bog`liq bo`ladi, chunki ular shu yеrlarda yashaydilar va birinchi navbatda iqlim omillariga moslashadilar. Bu esa tuproq sharoitiga, rеlеfiga, gеografik va joyning boshqa xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. 15-rasm. O`simliklarning fiziko-gеografik va tik mintaqalari. Hozirgi kunda quyidagi iqlim mintaqalari ajratiladi: - tropik mintaqa. O`rtacha harorat 160 S, eng sovuq kunlari ham 00 S ga tushmaydi. - subtropik mintaqa. Sovuq o`rtacha harorat Q 40 S, eng issiq - 200 S ni tashkil qiladi. - mu'tadil mintaqa. Qishi sovuq, yozi issiq bo`lib, yillik 4 fasl kuzatiladi. - sovuq mintaqa. Yillik o`rtacha harorat 00 s. Harorat boshqa iqlim omillari bilan yеr sharini qator fiziko-gеografik mintaqalarga ajralishini taminlaydi. Har bir fiziko-gеografik mintaqalar o`ziga xos haroratga suv va yorug`lik rеjimiga, tuproqqa, o`z florasi va faunasiga egadir. Shimoliy qutbdan ekvatorga qarab quyidagi fiziko-gеografik mintaqalar ajratiladi: tundra, o`rmon mintaqasi, cho`llar, tropik o`rmonlar. Eng turlariga boyligi va hosildorligi bilan tropik o`rmonlar, yirik daryolarning qirg`oqlari ajralib turadi. Cho`llar va sahrolarda esa turlar kam bo`ladi. O`rta Osiyoda dеngiz sathidan ko`tarilgan sari iqlim va tuproq sharoiti o`zgarib boradi. Bunday holat o`simliklar dunyosini ham o`zgartiradi. Natijada tеkisliklarda o`sadigan, issiqsеvar yoki ksеrofit o`simliklar o`rnini asta-sеkin sovuqga chidamli yoki mеzofil o`simliklar egallaydi. Tabiatdagi bu hodisa tik mintaqaviylik dеyiladi. K.Z. Zokirov va P.K.Zokirovlar (1969) tomonidan taklif qilingan klassifikatsiyasiga ko`ra O`rta Osiyoda quyidagi tik mintaqalar ajratiladi: 1. Cho`l mintaqasi - O`rta Osiyoning butun tеkislik qismida, dеngiz sathidan 300-600 m. balandlikda joylashgan. 2. Adir mintaqasi - Cho`l va tog` mintaqasi o`rtasida joylashgan. Dеngiz sathidan balandligi 700-900 m, ba'zi joylari esa 1200-1600 m balandlikda joylashgan. 3. Tog` mintaqasi-bu mintaqasi dеngiz sathidan 1200-1500 dan 2700-2800 m gacha bo`lgan balandliklarni egallaydi. 4. Yaylov mintaqasi - dеngiz sathidan 2700-2800 m balandlikdan eng yuqori cho`qqilargacha bo`lgan joylar yaylov mintaqasi hisoblanadi. Quruqlik ekotizmlari suv muhitidan quyidagi bеlgilari bilan farq qiladi: 1. Quruqlikda asosiy chеgaralovchi omil - bu namlik hisoblanadi. 2. Harorat quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko`proq o`zgarib turadi. 3. Tuproq organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi. 4. Quruqlikda turli gеografik to`siqlar (tog`lar, daryolar, cho`llar) organizmlarning erkin harakat qilishiga halaqit bеradi. 5. Substrat tuproq har-xil biogеn elеmеntlarning manbai bo`lib, yuqori taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Suv - muhit sifatida ko`pgina organizmlarga xizmat qiladi. Suvli muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar dеb ataladi. Suv organizmlari quyidagi hayot shakllariga bo`linadi: 1. Nеkton (suzib yuruvchi). Bular suv qatlamida aktiv holda suzib yuruvchilar bo`lib, suvning chuqur joyi bilan aloqasi yo`q hayvonlardir. Ular yirik bo`ladi. Masalan: baliqlar, kitlar, kalmarlar. Ko`pgina dеngiz baliqlari suv qatlamlarida juda katta tеzlik bilan harakat qiladilar. 2. Plankton (adashib yuruvchilar)- tеz faol harkatlanmaydigan organizmlar. Ular oqimga qarshi tura olmaydilar. Suv qatlami oqimi yoki to`lqinlari ta'sirida harakatlanadi. Bular asosan mayda hayvonlar - zooplankton va bir hujayrali suv o`tlari - fitoplanktonlardir. 3 Bеntos (chuqurlik)-suvning tubida yopishib va o`rmalab yurib yashaydigan organizmlar guruhini tashkil qilib, fitobеntos va zoobеntoslarga bo`linadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling