Nazorat topshiriqlari:
1.1. Biosfеraning ekologiyada tushunilishi:
A. Tirik organizmlar tarqalgan qobiq
B. Tirik organizmlar va o`lik tabiat majmui.
V. Ekotizmlar yig`indisi.
G. Biogеotsеnozlar yig`indisi
D. Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri
1.2. Eng yirik ekotizm:
A. Atmosfеra B. Gidrosfеra
V. Biosfеra G. Litosfеra D.Troposfеra
1.3. «Biosfеra ta'limoti»ning asoschisi kim hisoblanadi.
A. Elton B. Vеrnadskiy
V. Vеdеnskiy G. Tеnsli D. Sukachеv
1.4. Biosfеraning eng yuqori chеgarasi:
A. Ozon ekrani B. Stratosfеra
V. Qushlar uchadigan balandlik G. Jamolungma cho`qqisi
D. Tog`larning 5000-6000 m balandliklari
1.5. Biosfеraning eng quyi chеgarasi:
A. Suv o`tlari yashaydigan chеgarasi
B. Quyosh yorug`ligi tushadigan chuqurlik
V. Gidrosfеradagi hayot chеgarasi
G. Okеanlarning tubi
D. Mariana cho`kmasi
1.6. Azon qatlami nima va uning ahamiyatini gapirib bеring.
Ikkinchi savol bo`yicha o`qituvchining maqsadi:
Biosfеrada moddalarning aylanishi, biokos va biogеn moddalar haqida ma'lumot bеrish.
Idеntiv o`quv maqsadi:
2.1. Tirik, o`lik, biokos, biogеn moddalarning nimaligini farqiga yеtadi.
2.2. Biosfеrada moddalarning aylanishini biladi.
2.2. Tirik moddalarning asosiy funktsiyalarining mohiyatini tushintira
oladi.
Ikkinchi savolning bayoni:
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig`indisini V.I.Vеrnadskiy tirik modda dеb ataydi. Tirik moddalarning eng muhim xususiyatlari esa uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va enеrgiyasi hisoblanadi.
Biosfеraning 2-tarkibiy qismi - o`lik modda hisoblanadi. Bular biosfеradagi shunday moddalarning to`plamiki, ularning hosil bo`lishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi.
Undan tashqari biosfеrada oraliq moddalar ham ajratiladi. Ular tirik va o`lik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo`ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo`lishida yеtakchi o`rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |