O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.79 Mb.
bet12/104
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1531028
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
Sanoat ekologiyasi

Nazorat savollari.

  1. “Resurs” atamasining lug’aviy ma’nosi nima?

  2. Tabiiy resurslar tug’risidagi barcha ta’riflarni izohlang.

  3. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslar guruhiga nimalar kiradi?

  4. Tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar guruhiga nimalar kiradi?

  5. Suv va atmosfera havosini tugaydigan va ham tugamaydigan resurslar guruhiga kiritilgan. Nima uchun?

  6. Foydali qazilma deganda nimani tushunasiz?

Aslida, "resurs" so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi.


Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi.
Ekologiya fanida «Iqtisodiyot ekologiyasiz, ekologiya esa iqtisodiyotsiz yashay olmaydi!» degan q`oya bor. Mana shu q`oyani quyidagicha tushunish lozim.
«Ekologiya» va «ekonomiqa» (iqtisodiyot) atamalari bir ildizli yunoncha so`zlardir. Agar «oykos» - «uy», «ro`zg`or», «xo`jalik» ma`nosini anglatsa, «nomos» - «qoida», «qonun» ma`nosini anglatadi.Demak, «Ekonomiqa» - uy, ro`zg`or, xo`jalikni boshqarish san`atidir. Shuning uchun ekologiya fani iqtisodiyot fani bilan chambarchas bog`liq.
1866 yili nemis biologi, Yensk universiteti professori Ernst Gekkel “Umumiy morfolofiya” asarida “ekologiya” atamasini kiritib, unga quyidagicha ta`rif bergan edi: ekologiya-tabiat iqtisodiyotini tushunish, bir vaqtning o`zida barcha tirik mavjudotlarning organik va anorganik atrof-muhit komponentlari bilan o`zaro ta`sirini, hayvonlar va o`simliklarning antogonistik (dushmanona) va noantoganistik (do`stona) munosabatlarini inobatga olgan holda o`rganadigan fandir”.
Ekologiya barcha o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fandir. Bunday munosabatlarni Charlz Darvin “yashash uchun kurashni tuq`diradigan shartlar», deb aytgan edi.
Ushbu ta`rifda “tabiat iqtisodiyotini tushunish” tushunchasi ishlatilgan va ekologiyaning iqtisodiyot bilan boq`liqligiga alohida urq`u berilgan. Ammo ekologiyada iqtisodiyot deganda, tor ma`noda jamiyat iqtisodiyotini emas, balki tabiat iqtisodiyoti tushuniladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling