O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.79 Mb.
bet91/104
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1531028
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Bog'liq
Sanoat ekologiyasi










GLOSSARIY


«Ekologiya» - ekologiya yunoncha so`z bo`lib, «oykos» - «uy», «ro`zg’or», «jamoa», «yashash joyi» va «logos» - «fan», «ta`limot» degan ma`nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi ernest Gekkel «Organizmlar morfologiyasining umumiy printsiplari» kitobida izohlab bergan edi. e.Gekkel «Umumiy ekologiya»ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o`zaro aloqalarini va ta`sirini o`rganadigan fan deb ta`riflagan edi. Akademik S.S.SHvarts esa, hozirgi zamon ekologiyasi organizmlarning o`zaro va muhit bilan munosabatlarini populyatsiyalar darajasida o`rganadigan fan deb ta`riflaydi.


Ekologik muammo -Ekologik muammo deganda, insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta`siri, ya`ni uning hayotida, iqtisodiyotiga xo`jalik ahamiyatiga molik bo`lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan, iqlimning o`zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo`ladigan hodisalar, qurg’oqchilik, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba`zi-bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba`zi-bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga ko`chib borishi va shunga o`xshagan hodisalar ekologik muammo bo`la oladi.


Ekologik muammolarning tasnifi -Odatda ekologik muammolarning ko`lami va dolzarbligiga qarab ular quyidagi 3 guruhlarga bo`linadi.
1.Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining siyraklanishi, «atmosferaning dimiqishi», chuchuk suv muammolari kabilar misol bo`la oladi.
2.Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining ko`rib borishi, Arsanoy ko`llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko`li muammosi, «kislotali yomg’irlar» muammosi va boshqalar misol bo`la oladi.
3.Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoati rivojlangan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, CHirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan boglik agrosanoat ekalogik muammolari misol bula oladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling