7-amaliy mashg’ulot
Changli havoni filtr va elektr filterlar yordamida tozalashning samaradorligini hisoblash
8-amaliy mashg’ulot
Oqava suvlarning atsorbsya uslida tozalashda sarf bo’ladigan absortbenlarning samaradorligini hisoblash
9-amaliy mashg’ulot
Suvning qattig’ligini yo’qotishda sarf bo’ladigan kimyoviy moddalar miqdorini hisoblash
MUQADDIMA
Hozirgi paytda tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari o`z echimini kutayotgan muammolarga aylanib qoldi.Chunki tabiiy atrof-muhitning sun`iy ifloslanishi uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilayapti.
“Ekologiya” fanidan olingan bilimlarni yanada kengaytirish,mustahkamlash va ulardan amaliyotda qo`llashning samarali yo`llaridan biri-amaliy va tajriba mashg’ulotlari hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko`rsatmada asosan oqova suvlardagi qo`shimcha moddalar, ularning miqdori, hisoblash formulalari, aniqlash usullari va vositalari haqida kerakli ma`lumotlar berilgan.
Har bir amaliy ish uning maqsadi, mashg’ulotni o`tkazishda kerakli o`quv va ko`rgazmali qurollar, mavzuga tegishli nazariy ma`lumotlar, mashg’ulotni o`tkazish tartibi va sinov savollaridan iboratdir.
Mashg’ulotni bajarish uchun har bir talaba ishning maqsadi, tajhizotlarni tuzilishi, ishlash tartibi va nazariy ma`lumotlarni, xususan hisoblash formulalari va fizik kattaliklarning o`lchov birliklari bilan tanishib chiqishi kerak.
Mashg’ulot oxirida har bir talaba olingan natijalari to`g’risida, hamda tuzilgan sinov savollariga javob yozib, hisobot tayyorlashi kerak. Buning uchun ma`ruzalar matni va uslubiy ko`rsatmaning oxirida ko`rsatilgan adabiyotlardan foydalanish zarur. Hisobotda qo`llanilgan asbob-uskunalar, ularning ishlash tartibi va olingan natijalakrning tahlili o`z aksini topishi kerak.
1-Тajriba
Ishlab chiqarish korxonalrining havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |