Ishni bajarish tartibi
Suvning tiniqligi namuna suvi olinadigan joyning o`zida aniqlanadi. Namuna suv olinganidan keyin, 24 soatdan oshmasdan uning loyqaligi aniqlanadi.
Ishni bajarish uchun Snyollen asbobidan foydalanib, “Xoch” usulida suvning sun`iy loyqaligini topish mumkin.
Snyollen asbobi balandligi 30 sm, diametri 2,5-3,0 sm keladigan va balandligi bo`yicha santimetrlarga bo`lib chiqilgan shisha silindrdan iborat bo’lib, uning tubida nuqtalar shakli tushirilgan xoch va suvni to`kish uchun qisqichli o`simta rezina naycha bor.
1.Tekshiriladigan suv yaxshilab chayqatilib, Snyollen silindri to`ldiriladi, bunda quyilgan suvning balandligi silindr ostidagi xochni ko`rinmaydigan darajada bo’lishi kerak.
2. Silindrdagi suv uning tagidagi nuqtalar yaqqol ko`ringunga qadar sekin oqizib tushiriladi.
3. Nuqtalar yaqqol ko`ringan paytda silindrda qolgan suv ustunining santimetrlar hisobida olingan belgisi suvning tiniqligini ko`rsatadi. Shu santimetrlarda o`lchangan qiymatdan foydalanib, suvning loyqaligini mg/l hisobida topsa bo`ladi.
Santimetrlarda ifodalangan suv ustunining balandligi suvning tiniqlik darajasini ifodalaydi. Snyollen silindri ko’rsatgichi bo`yicha, 30 sm dan past bo`lgan ichimlik suvining tiniqligi quyidagicha baholanadi: 20 sm dan 30 sm gacha bo`lganda suv kuchsiz loyqalangan, 10 smdan 20 sm gacha bo`lganda, suv loyqa, 10 sm gacha bo`lganda esa juda loyqa hisoblanadi. Tajriba ishi bajarilayotganda quyidagi jadval to`ldiriladi. Jadvaldagi natijalardan foydalanib, suv loyiqaligining silindrdagi suv ustunining balandligiga bog’liqlik grafigi M=f(h) chiziladi.
Konsentrasiya, mg/l
Optik zichlikning konsentrasiyaga bog’liqligi
Jadval.
Suvustuni
balandligi, sm
|
Suv loyqa-
Ligi , mg/l
|
Suvustuni
balandligi, sm
|
Suv loyqa-
ligi , mg/l
|
Suvustuni
balandligi, sm
|
Suv loyqa-
ligi, mg/l
|
5
5,5
6
6,5
7
7,5
8
8,5
9
9,5
10
10,5
11
11,5
12
12,5
13
|
185
170
155
142
130
122
114
108
102
97
92
87
83
79
76
73
70
|
13,5
14
14,5
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
|
67,5
65
63
61
56,4
53,1
50,4
48
45,5
43,3
41,4
39,4
38
36,5
35,1
33,8
32,6
|
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
|
31,6
30,5
29,5
28,6
27,7
26,9
26,1
25,4
24,8
24,2
23,6
23
22,4
21,8
21,2
20,7
20,2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |