=[1-(1-0,60)*(1-0,80)]*100%=92%
Shuni alohida yodda tutish kerakki, “havoni tozalash darajasi” tushunchasi havoni tozalash uchun qo`llanilgan “qurilmaning ishlash samaradorligi” tushunchasi bilan teng ma`noda tushuniladi.
2. Solishtirma yuklanish, ya`ni tozalash qurilmasining changli havoni o`tkazish qobiliyati
Ushbu ko`rsatkich chang tozalash qurilmasi orqali 1 soatda 1m2 filtrlovchi material sirtidan o`tadigan changli havo miqdorini ifodalaydi va m2/soat bilan o`lchanadi.
3. Chang sig’imi
Ushbu ko`rsatkich chang tozalash qurilmasining 1m2 sirtida ushlab qolingan chang massasini ifodalaydi va kg/m2 bilan o`lchanadi.
4.Tozalash qurilmasining ishlab chiqarish quvvati
Ushbu ko`rsatkich tozalash qurilmasining vaqt birligida qancha changli havoni tozalash quvvatini ifodalaydi va quyidagi formula bilan hisoblanadi (m3/s):
W = V· S (6)
bu erda: V – tozalash qurilmasidan chiqayotgan toza havo oqimining tezligi, m/s;
S – tozalangan havo oqimi chiqayotgan quvurning ko`ndalang kesim yuzasi, m2.
5. Aerodinamik qarshilik
Agar tozalash qurilmasiga kirayotgan changli havoning tezligi (υ, m/s) va zichligi (ρ, kg/m3) ma`lum bo`lsa, unda aerodinamik qarshilik (P, Pa) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
P= k (7)
bu yerda: k – chang tozalash qurilmasining mahalliy qarshilik koeffisienti.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ko`pincha muhandislik amaliyotida ushbu ko`rsatkich tozalash qurilmasiga kirayotgan (Pkir) va undan chiqayotgan (Pchiq) havo bosimlarining ayirmasi bilan aniqlanadi:
P = Pkir – Pchiq (8)
Do'stlaringiz bilan baham: |