O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi


Tozalash qurilmasining solishtirma energiya sarfi


Download 1.79 Mb.
bet67/104
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1531028
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
Sanoat ekologiyasi

Tozalash qurilmasining solishtirma energiya sarfi.

Ushbu ko`rsatkich 1000 m3 hajmdagi changli havoni tozalashda sarflangan energiya miqdorini ko`rsatadi va u tozalash qurilmasining tejamkorligini ifodalaydi (m3/k Vt·soat).





  1. Tozalangan havo yoki gazning qiymati (narxi)

Ushbu ko`satkich har 1000 m3 tozalangan havo yoki gaz uchun sarflangan mablag’ni ifodalaydi (m3/so`m).


Sinov savollari



  1. Havo va gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun qaysi usullardan qo`llaniladi?

  2. Havo va gazlarni boshqa moddalardan tozalash uchun qaysi qurilmalardan foydalaniladi?

  3. Qaysi maqsadlarni ko`zlab, havo yoki gazlar tozalanadi?

  4. Qachon havo yoki gaz tozalangan hisoblanadi?

  5. Tozalash qurilmasining texnik – iqtisodiy ko`rsatgichlariga uning qaysi ko`rsatgichlari kiradi?

  6. Tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi qaysi formulalar yordamida hisoblanishi mumkin?

  7. Agar changlangan havo yoki gaz ikki bosqichda tozalansa, tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi qaysi formula yordamida hisoblanadi?

  8. Agar changlangan havo yoki gaz n marotaba qayta – qayta tozalansa, tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi qaysi formula yordamida hisoblanadi?

2-tajriba mashg’uloti


Ish joylari havosi tarkibidagi karbonat angidrid (CO2) gazining miqdorini aniqlash


Ishning maqsadi: Ish joylari havosi tarkibida uglerod qo’sh oksidi gazining miqdorini aniqlash usullari, tajriba jihozlari va qurilmalari bilan tanishish.


Kerakli jihozlar va reaktivlar:

  1. Aniq kalibrlangan, hajmi 2 l ni tashkil etgan shisha idish. Uning qopqog’iga kichik flakon og’ziga tang keladigan teshik o’rnatilgan bo’lishi kerak.

  2. Hajmi 120 ml, kalibrlangan kichik flakon (og’zi yaltiroq(tekis), qopqog’i bilan).

  3. Hajmi 50 ml ni tashkil etgan 2 ta byuretka. Ularning biriga yuqoridan natronli ohak bilan turbka o’rnatilgan bo’lib, byuretkani Ba(OH)2 eritmasi bilan to’ldirish uchun unga rezin grushani ulash mumkin.

  4. Termometr

  5. Barometr.

  6. Ba(OH)2 eritmasi shunday tayyorlanadaki, uning 1 ml hajmi 1 mg CO2 gazini o’ziga biriktirib olsin.

  7. Shavel kislota (C2H2O4*2H2O) eritmasi. Uning 1 ml hajmi 1 mg CO2 ga teng bo’ladi.

  8. Indikator-fenolftalenning 1% li spirt eritmasi. U ishqoriy muhitda qizil, nordon muhitda esa rangsiz bo’lib qoladi.

Nazariy ma’lumotlar.


Ish joylarida toza havoning asosiy ko’rsatgichlardan biri–uglerod qo’sh oksidning miqdoridir.
Uglerod qo’sh oksidi (CO2)-rangsiz va hidsiz kam zaharli gaz bo’lib, uning 1 litri 00C va 760 mm simob ustunida 1,9769 mg tengdir. U 1 mg havoda 0,509 mg hajmni egallaydi. Uning havodagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,25% ni tashkil etadi.
Havo tarkibidagi CO2 ni anilashning bir qator usullari bor. Hajmiy usullarda gazoanalizatorlar yordamida gaz miqdorini aniqlash usuli hisoblanadi. Masalan, gazoanalizatorlar yordamida havodan olingan namuna uglekislota bilan yutib olingandan so’ng, ishqor eritmasidan o’tkaziladi. Namuna hajmining kamayib borishi yo’li bilan havodagi CO2 gazining miqdori aniqlanadi. D.B. Proxorov taklif etgan usul havo tarkibidagi CO2 miqdorini tahliliy aniqlashga qo’llanilishi mumkin. Ushbu usulning prinsipi–ish joyida va tashqi atmosferada havo tarkibini qiyosiy tadqiq etishga asoslangan. CO2 miqdori shahar havosida 0,04%, qishloq joylarida 0,03% tashkil etishi mumkin.
Ish joylarida CO2 miqdorini aniqlashda hajmiy usullardan tashqari S.Nagarskiy taklif etigan titrometrik usuldan keng qo’llaniladi.
Ushbu usulda aniq natijalar olish mumkin. Ushbu usulda ma’lum hajmdagi havodan titrlangan bariy ishqori (Ba(OH)2) bilan uglerod qo’sh oksidi shimib olinadi. Bariy eritmasi CO2 ni shimib olishdan oldingi va shimib olingan keyingi
Bariy eritmasi CO2 shimib olmasdan oldingi va shimib olingandan keyingi titrlar farqi orqali tajriba o’tkazish uchun olingan havo hajmi tarkibidagi CO2 ning miqdori aniqlanadi.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling