O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti issn 2181-7367 e-issn 2181-1172


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1562090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Namozov Jasurbek Mamarajab oʻgʻli ODDIY BODOM – PRUNUS AMYGDALUS BATSCH NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ключевые слова: Миндаль обыкновенный, слива, позднее цветение, засухоустойчивость, сорт, 
селекция, гибридизация, рост и развитие. 
 
Kirish. Dunyoda bodom ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 214 522 tonnani tashkil qiladi. Bodom ishlab 
chiqarish va eksport qilishda Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoda yetakchilik qilib, yiliga 2 mln 2742 tonna 
ishlab chiqarish hajmiga ega. Keying o’rinlarda Ispaniya, Eron va Marokash mamlakatlari turadi. O’zbekiston 
esa o’tgan yilda 27 321 tonna bodom ishlab chiqargan. 
Oddiy bodom (Prunus amygdalus Batsch.) bodom turkumi (turkumning avvalgi nomi Amygdalus
Ra’noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bo‘lgan o‘simlikdir. Bodom asosan O‘rta yer dengizi, Markaziy 
Amerika, Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Bodom mag‘zini yetishtirish bo‘yicha Italiya, 
Fransiya, Qrim, Zakavkaze va O‘rta Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston yetakchi o‘rinlarni egallaydi. 
O‘zbekistonda bodom qadimiy o‘simlik hisoblanib, deyarli barcha hududlarda uchraydi. 
Respublikamizda bodomzorlar asosan tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida tarqalgan. Bu yerlarning tuproq va iqlim 
sharoitlari bodom o‘simligi uchun qulay hisoblanadi. Oddiy bodom dunyo aholisi uchun oziq ovqat sanoatida, 
xalq tabobatida va rasmiy meditsinada katta ahamiyatga ega. Bodomzorlar hosilini oshirish va yangi yuqori 
sermahsul bodomzorlar barpo etish Respublika qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari hamda shu soha 
olimlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-sonli qarorida bodom yetishtirish va eksport qilish hajimini kengaytirish 
vazifasi qo‘yilgan. Bundan tshqari 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga ko’ra 2022-2024 yillarda 
yong‘oqmevali (bodom, pista va yong‘oq) kabi o’simliklarni yetishtirish maydonini 40% ga oshirish ko’zda 
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.2019-yildagi 213-son qaroriga ko’ra, 
Qashqadaryo viloyatida tog‘, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘l hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer 
maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish va o‘rmonzorlarni 
ko‘paytirish ko’zda tutilgan. 
Yuqoridagilarni inobatga olib ushbu maqolada oddiy bodomning bioekologik hususiyatlari, ko‘paytirish 
va etishtirish agrotexnikasi to‘grisida ma’lumotlar jamlandi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling