O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet59/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nazorat savollari:

        1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘gri rivojlantirish uchun qanday namuna bo‘la oladi ?

        2. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablar nimalardan iborat?

        3. Tarbiyachiga xos bo‘lgan muhim fazilatlar, ularga qo‘yiladigan talablarni bilasizmi?

        4. Pedagogik qobiliyatlar tarkibini aytib bering?



Adabiyotlar:

  1. D.R.Babaeva « Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya.T.; 2009 y.

  2. F.R.Qodirova « Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.;2012y.(electron)

  3. УшинскийК.Д. Родноеслово.// Собр.соч. М., 1949.Т. С. .242-245



18-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar
Maqsad: Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib boorish va ota- onalar bilan hamkorlikdagi ishlar mazmuni,shakil va usullari haqida talabalarga ma’lumot berish
Tayanch tushunchalar: anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari,


Reja:

    1. Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlarnihg olib borilishi.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasining ota- onalar bilan hamkorlikdagi ishlar mazmuni.

  2. Ota-onalar bilan o‘tkaziladidan pedagogik kengash.



1. Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:

  • bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni ximoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;

  • ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;

  • ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

  • bola tarbiyasida oila bilan hamjixatlik, bolani to‘g’ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.

Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida xali xal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga raxbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruxiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog’lig’ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g’ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling