O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet55/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

«Kapalaklar»
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar, ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi, kimniki uzoqqa uchar ekan?”
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg’azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g’ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan «D» harfini yasaymiz. Buning uchun «D» harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
Bolalar «D» harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
Oyijonim olmani
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar.
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
«D»ga o‘xshar, dedilar.
«D» harfli bo‘g’in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g’inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda «D» tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
Shu bo‘g’inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi «Da» deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan («D» tovushini), o‘shani harf jildidan olib qo‘y. «Daa», endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (« tovushini) «D» harfining qaysi tomoniga «harfini qo‘yasan? (orqasiga). Tuzgan bo‘g’iniingni o‘qi: «Da» (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g’in tuzadilar).
Shu tartibda di, du, do‘ ,ad, id, od, o‘d bo‘g’inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling