O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet27/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nazorat savollari.
1. “Yosh avlodni aqliy tarbiyalash mohiyatini ochib bering va uning xozirgi vazifalarni belgilang
2. Aqliy faoliyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish bilish jarayonlari va qobiliyatlarini rivojlanishini ifodalaydi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashni asosiy vositalarni ta’riflang.
4. Bolalarga ta’lim berish jarayoniga tarbiyachi tomonidan yo‘laniladigan metod va usullarni ifodalang.
5. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni ko‘rsating.
10-mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni
Maqsad : Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g’risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-biirini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar.
Kalit so’zlar: axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiy tasavvur, didaktik maqsad, old ko‘makchi, chet ma’no, sintaktik qator, kirish suhbati.


Reja:

      1. Suhbat turlari.

      2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o‘tkazishi.

      3. Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish.



1. Suhbat turlari. Suhbat – ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtai nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g’risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-biirini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg’ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling