O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi


Download 345.69 Kb.
bet28/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg’uni tarbiyalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlarni o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ko‘rgazmali materiallarni ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg’unlikda amalga oshiriladi.
Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog’liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foydalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ularning bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiritilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.
2. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi. Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini ob’ektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg’asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubordi, og’riqning zo‘ridan yig’lab yubordi). Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to‘g’ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog’lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar – «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar – «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar – «Agar yomg’ir yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim. Bolalar bog’chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg’ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xursand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-birining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g’ri nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, hayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi bola?» – «o‘qiyotgan bola». Mashg’ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ularni o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling