O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda»


Download 345.69 Kb.
bet34/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda».
Maqsad: Tarbiyachining rejasi, namuna hikoyasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:

  • Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‘zni to‘ldirish. Mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo.

  • Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Tarbiyachining rejasi, hikoya namunasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rganadilar.

  • Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.

Kerakli jihozlar:

  • Mavzuga oid rasmlar.

Mashg’ulotning borishi.
1. Bolalar, siz oyingiz yoki buvingiz bilan mehmonga borganmisiz?
2. Mehmonga borishdan avval qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak?
Savol-javobdan so‘ng tarbiyachi: Bolalar, hozir «Mehmonda» mavzusida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Tarbiyachi reja beradi.
1. Mehmonga qachon, qayerga, kim bilan bordingiz?
2. U yerda kimlarni ko‘rdingiz?
3. Qanday o‘ynadingiz?
4. Mehmonda yana nimalar bilan shug’ullandingiz?
Tarbiyachi hikoya namunasini berishi mumkin.
Bir kuni buvim meni xolamnikiga mehmonga olib boradigan bo‘ldilar. Men darrov yuvinib, kiyinib oldim. Buvim bilan yo‘lga tushdik. Xolamning uylariga kirishimiz bilan kattalarga salom berdim. Oyoq kiyimimni bir chekkaga yechdim. Buvimning kovushlarini ham chetroqqa olib qo‘ydim. Xolamning qizlari bilan mehmon-mehmon o‘ynadik. Keyin oshxonada xolamga yordam berdik, yuvilgan idishlarni artib turdik. Xolam xursand bo‘ldilar. Uyga ketayotganimizda «Yana kelganingizda, albatta, Nilufarni olib keling», dedilar.
5-6 ta bolalar javoblari tinglanadi.
Tetiklashtiruvchi mashq.
«So‘zni to‘ldir» o‘yini.
O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi boshlagan so‘zni davom ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g’ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling