O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi? Bolalar


Download 345.69 Kb.
bet48/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi?
Bolalar. Yo‘q.
Tarbiyachi. Stolning yuzasi taxtadan qilingan, shuning uchun undan qaraganimizda oyoqlarimiz ko‘rinmaydi, deb tushuntiradi.
Shundan keyin tarbiyachi yana bolalarning diqqatini shishali buyumlarga yo‘naltiradi va uni siqib ko‘rishni aytadi. Bolalardan: shisha buyum qattiqmi, yumshoqmi? deb so‘raydi. Bolalar, qattiq, deb javob berishadi.
Buyumning qattiq ekanligini bilish uchun nima qilish kerak? deydi tarbiyachi. Uni siqib ko‘rish kerak, deb bolalar harakat bilan ko‘rsatishadi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini tasdiqlab: «To‘g’ri, uni siqib ko‘rish kerak» deb harakatning nomini (siqib ko‘rish kerak) takrorlatadi».
Mashg’ulotning uchinchi qismi tevarak-atrofdagi narsalardan yangi sifatlarni ajratishni mashq qilishga bag’ishlanadi. Tarbiyachi bolalarga tevarak-atrofga qarab tiniq buyumlarni (narsalarni) topishni, topgach, uning nomini aytishni va quyidagi savolga javob berishni aytadi. «Buyum tiniq ekanligini qanday bilib olding? Xuddi shu tariqa tiniq bo‘lmagan buyumni topishni aytib, uni qanday topganligini qanday bilib olganligini so‘raydi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

    1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?

    2. Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirishda yaqindan yordam beradigan qanday mаshg’ulotlаrni bilasiz?

    3. Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug’at boyligini faollashtirish uchun mavzu rejasiga qanday mavzularni kiritish maqsadga muvofiq?

    4. Qanday о’yinlar bolalarning nafas yо’llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug’at boyligini oshirib, faollashtiradi?

    5. Maxsus tayyorlangan suhbatlar qanday tuziladi?

    6. Muloqot mashg’uloti qanday qism va xulosadan iborat bo‘ladi.

Adabiyotlar:
1. D.R.Babaeva « Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya.T.; 2009 y.
2. F.R.Qodirova « Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.;2012y.(electron)
3. Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№9. С.95-108.



Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling