TOPSHIRIQ № 4.
Windows XP ish stolida kontekst menyular bilan ishlash
Windows XP operatsion tizimining ish stoli oynasida biror – bir ob’ekti
faollashtirilib, "sichqoncha"ning o‘ng klavishi bosish orqali chiqariladigan
kontekst menyuda foydalanuvchilarga buyruqlar majmuini taklif qiladi.
Windows XP fayllarini kontekst menyusining buyruqlari
Eslatma. Word, Excel, Power Point va boshqa ilovalar nazarda tutulmoqda.
Открыть (ochish). Bu buyruq berilsa faol fayl ishga tushiriladi (7-rasm);
Создать (tuzish, yaratish). Bu buyruq bilan yangi fayl tuziladi. Tuzilgan yangi
faylga foydalanuvchi tomonidan yangi nom beriladi. Bu buyruq bilan tuziladigan
fayl oldingi fayldagi barcha axborotlarni o‘zida saqlaydi. Agar foydalanuvchida
biror-bir fayl nusxasini tuzish va boshqa nomda saqlab tahrirlash ishlarini bajarish
zaruriyati yuzaga kelsa, unga Создать buyrug‘i bilan ishlash ancha qulaylik
tug‘diradi.
Печать (Chop qilish) buyrug‘i bilan fayl axborotlari printerga chop qilinadi;
Добавить в архив… (Arxivlash) buyrug‘i bilan, joriy fayl arxivlanadi;
Отправить Сжатая ZIP – папка (Jo‘natish Siqilgan ZIP –papka. Bu
buyruq bilan fayl siqilgan ZIP –papka formatiga keltiriladi
Отправить Рабочий стол (sozdat yarlik). Bu buyruq bilan ish stolida faylga
yorliq nishonchasi o‘rnatiladi;
Отправить Адресаt buyrug‘i bilan fayl tegishli manzilga jo‘natiladi. Bu
buyruq bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda, yuzaga keladigan savollarga javob berish va
kerakli parametrlarni o‘rnatish lozim bo‘ladi.
Отправить Мои документы buyrug‘i bilan faylning nusxasi Мои
документы papkasiga jo‘natiladi;
Отправить Диск 3,5 (А) buyrug‘i bilan fayl nusxasi disketga jo‘natiladi;
Вырезать (kesib olish) buyrug‘i bilan fayl oynadan olib tashlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |