O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
b=Number(_root.b.text); c=Number(_root.c.text); if
((a==0) or (length(_root.a.text)==0)) _root.natija.text="Xato!!! a ga noldan farqli son kiriting"; else { d=b*b-4*a*c; if (d<0) _root.natija.text="tenglama ildizga ega emas"; if (d==0) _root.natija.text="tenglama yagona ildizga ega X = "+(-b/2*a); if (d>0) { x1=(-b+Math.sqrt(d))/2*a; x2=(-b- Math.sqrt(d))/2*a; _root.natija.text="Ikkita ildizga ega X1= "+x1+" X2= "+x2; } } } Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz. “Ctrl+Enter” tugmalarini bosib hosil bo‘lgan ilovani tekshirib ko‘ramiz. 155 Dastur natijasi Yaratilgan loyihani ilova ko‘rinishida kompyuter xotirasiga saqlash uchun “File” menyusi “Publish Settings...” bo‘limini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan “Publish Settings” oynasining “Formats” bandida “Windows Projector” ni belgilab “Publish” tugmasini bosamiz. “OK” tugmasini bosib oynadan chiqamiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Flash boshqa dasturiy vositalardan o‘zining universalligi, kompaktliligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Flashda interaktiv tugma yaratish Flash dasturi yordamida interaktiv tugma yaratish uchun dasturni ishga tushiramiz va Layer 1 qatlamida oq fon rangli ishchi oynada ihtiyoriy rangda doira hosil qilamiz va uni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Natijada obyekt Movie Clip holatiga o‘tadi. Obyektning ustiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Timeline oynasiga o‘tib doira joylashgan Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 tugmasi orqali). Doirani belgilab Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz. Properties oynasini faollashtirib bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin esa Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma” so‘zini oq rangda hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni belgilab Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-kadrni belgilab F6 tugmasini bosamiz va “tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-kadrni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion Tween ni tanlaymiz. Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga o‘zgaradigan holatga o‘tadi. Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6 tugmasi bosiladi va ishchi oynada “tugma” so‘zining ostiga doiraga qadar chiziq chizamiz. Chiziqni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-kadrdan boshlab 10kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz. 5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni o‘chirib tashlaymiz. Buning uchun kerakli kadrni belgilab Delete tugmasini bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga keladi. 156 Ishchi oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Natijada Timeline oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni belgilab Actions oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining ishchi sohasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz. onClipEvent (enterFrame) { if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } } onClipEvent (load) { var go; stop(); enter_btn.onRollOver = function() { go = true; }; enter_btn.onRollOut = function() {go = false; }; } Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz mumkin. Macromedia Flash dasturida audio fayllar bilan ishlash Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni qo`llab quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining Button va Movie Clip obyektlarida, animatsiya yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim resurslari va o`yinlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga bo`lgan qiziqishlarni oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi. Quyida audio fayllardan foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz. Misol. Kadrlarga audio fayl joylashtirish. Flash dasturini ishga tushiramiz. Kerakli bo`lgan audio faylni import amali yordamida dasturga yuklaymiz. File menyusidan Import – Import to library… amalini bajaramiz. Hosil bo`lgan Import to library muloqot oynasidan tegishli faylni belgilab Открыть tugmasini bosamiz. Natijada belgilangan fayl loyiha kutubxonasi (Library) oynasida hosil bo`ladi. Faylni sichqoncha chap tugmasi orqali ushlab ishchi oynaga joylashtiramiz. Natijada joriy kadrlarda tebranishlarni ifodalovchi belgilar paydo bo`ladi. 157 Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz Ctrl+S. Faylga nom berib (ovoz1), saqlanish joyini ko‘rsatamiz va сохранить tugmasini bosamiz. Faylni animatsiya holatida saqlash uchun Fayl menyusi Export – Export movie buyrug‘ini yoki klaviaturadan Ctrl+Alt+Shift+S tugmalarini bosamiz. Faylga nom berib, saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Fayl turiga Flash Movie (*.swf) ni tanlab сохранить tugmasini bosamiz. Fayl turi sifatifa *.gif, *.avi, *.mov, *.eps, *.jpg, … turlarni tanlash mumkin. Yaratilgan faylni *.exe ko‘rinishida ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusining Publish Settings… bo‘limi tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasining Formats bo‘limiga kiramiz. Oynaning Windows Projector (*.exe) yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz va Publish tugmasini bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl kengaytmasidagi fayl paydo bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli yaratiladi. Misol. Button obyektida audio fayllardan foydalanish. Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi yaratamiz. Button yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz. Shaklni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Convert to Symbol amalini bajaramiz. Hosil bo`lgan oynadan button bandini belgilaymiz, obyektga nom berib (tugma) OK tugmasini bosamiz. Button tayyorlash yuqorida ko`rsatib o`tilgan. Bilamizki buttonda uchta kadr mavjud. Bu uchala kadrga ham ovozli fayllarni joylashtish mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro etilishi xolati turlicha bo`ladi. Ya’ni, Up kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy ijro etiladi. Agar Down kadriga joylashtirsak audio fayl tugma bosilganda ijro etiladi. Agarda audio faylni Over kadriga joylashtirsak, sichqoncha tugma ustiga borganda fayl ijro etiladi. Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Odatiy musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi chiqsa musiqa2 fayli va Ok tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling