O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Download 5.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/134
Sana21.10.2023
Hajmi5.64 Mb.
#1714945
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g

Juda xavfli viruslarga axborotning maxfiyligi buzilishiga, yo‘q 
qilinishiga, takrorlanmaydigan turlanishga (shifrlash ham shu qatorda) hamda 
axborotdan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi va natijada apparat vositalaming 
ishdan chiqishiga hamda foydalanuvchilar sog‘lig‘iga shikast yetishiga sabab 
bo’luvchi viruslar kiradi. Ishlash algoritmining xususiyatlari bo‘yicha 
viruslarni:
• 
tarqalishida yashash makonini o'zgartirmaydigan;
• 
tarqalishida yashash makonini o‘zgartiradigan sinflarga ajratish 
mumkin. Yashash makonini o'zgartirmaydigan viruslar, o‘z 
navbatida:
• 
«yo‘ldosh» viruslar (companion),
• 
«qurt» viruslar (worm) dan iborat ikki guruhga ajratilishi mumkin.


«Yo‘ldosh» viruslar Fayllarni o'zgartirmaydi. Uning ta’sir mexanizmi 
bajariluvchi fayllarning nusxalarini yaratishdan iboratdir.
«Qurt» viruslar tarmoq orqali ishchi stansiyaga tushadi, tarmoqning 
boshqa abonentlari bo‘yicha virusni jo'natish adreslarini hisoblaydi va virusni 
uzatadi. Virus Fayllarni o'zgartirmaydi va disklaming yuklama sektorlariga 
yozilmaydi. Ba’zi bir «qurt» viruslar diskda virusning ishchi nusxasini 
yaratadi, boshqalari faqat hisoblash mashinasining asosiy xotirasida joylashadi.
Algoritmlarning murakkabligi, mukammallik darajasi va yashirinish
xususiyatlari bo‘yicha yashash makonini o'zgartiradigart viruslar:
• 
talaba viruslar;
• 
«stels» viruslar (ko'rinmaydigan viruslar);
• 
polimorf viruslarga bo‘linadi.
Talaba viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi.
Bunday viruslar, odatda, rezident bo'lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda 
ko'pincha xatoliklar mavjud bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi.
«Stels» viruslar malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi. «Stels» 
viruslar operatsion sistemaning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab 
qolish yo‘li bilan o'zining yashash makonida ekanligini yashiradi va operatsion 
sistemani axborotning shikastlanmagan qismiga yo'naltiradi.Virus rezident 
hisoblanadi, operatsion sistema dasturlari ostiga yashirinadi, xotirada joyini 
o‘zgartirishi mumkin. «Stels» — viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi 
ta’sir ko‘rsata ohsh qobiliyatiga ega.
Polimorf viruslar ham malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi va 
doimiy tanituvchi guruhlar — signaturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar 
yashash makonining zaharlanganligini aniqlash uchun zaharlangan obyektga 
maxsus tanituvchi ikkili ketmaketlikni yoki simvollar ketma-ketligini 
(signaturani) 
joylashtiradi. 
Bu 
ketma-ketlik 
fayl 
yoki 
sektorning 
zaharlanganligini aniqlaydi. Polimorf viruslar virus tanasini shifrlashdan va 
shifrlash dasturini turlantirishdan foydalanadi. Bunday o'zgartirish evaziga 
polimorf viruslarda kodlarning muvofiqligi bo’lmaydi.
Ma’lum viruslar bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash maqsadida viruslar 
katalogidan 
foydalaniladi. 
Katalogda 
viruslaming 
quyidagi 
standart 
xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtiriladi: nomi, uzunligi, 
zaharlanuvchi fayllar, fayldagi o‘rni, zaharlash metodi,rezident viruslar uchun 
asosiy 
xotiraga 
joylashtirish 
usuli, 
keltirib 
chiqaradigan 
natijalari, 
zararkunandalik vazifalari bor (yo‘q)ligi va xatoliklar. Kataloglaming 
mavjudligi viruslarni tavsiflashda ularning standart xususiyatlari va ta’sirlarini 
tushirib qoldirib, faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi.

Download 5.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling