O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
-Amaliy mashg‘ulot. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
19-Amaliy mashg‘ulot. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari,
viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Kompyuter virusi — bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, u boshqa dasturlarga qo’shilishi (ya’ni uni zaharlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida virus bo’lgan dastur „zararlangan“ deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg’unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo’lar-bo’lmas „axlat“ bilan to’ldiradi va h.k.). Virus o’zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo’lgandan so’ng, u boshqaruvni o’sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko’rsatadi. Zararkunanda dasturlar va, awalo, viruslar kompyuter sistemasi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Bu xavfni nazarpisand qilmaslik foydalanuvchilar axboroti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Viruslar xavfini haddan tashqari oshirib yuborish ham kompyuter sistemalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Viruslar ta’siri mexanizmini, ular bilan kurashish metodlarini bilish viruslarga qarshi samarali kurashishni tashkil etishga, ular ta’siri natijasida zararlanish ehtimolini va yo‘qotishlarni eng kam miqdorga keltirishga imkon beradi. «Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o‘lchamlaming kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin. Hozirda dunyoda faqat ro'yxatga olingan 40 mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud. Zamonaviy zararkunanda dasturlarning aksariyati o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli, ular ham kompyuter viruslariga taalluqli deb hisoblanadi. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin: — yashash muhiti bo‘yicha; — yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha; — zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash algoritmi bo'yicha. Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilaiga bo'linadi: — tarmoq viruslari; — fayl viruslari; — yuklama viruslar; — kombinatsiyalangan viruslar. Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllardajoylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot- sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin. Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari: — rezident; — rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi. Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling