8
xotirada saqlash uchun operativ xotiraning 20-30 baytli maydoni etarli hisoblanadi.
Vektorli grafikada masshtablash masalalari engil hal qilinadi. Masalan, agar
chiziqning qalinligi, aytaylik, 0,15 mm bo‘lsa, rasmni qanchalik kattalashtirmaylik
yoki kichiklashtirmaylik, chiziq qalinligi o‘zgarishsiz qoladi. Bu
xususiyat vektor
grafikasining ajoyib xususiyatidir.
Fraktal grafika, vektor grafikasiga o‘xshab
hisoblanadigan grafikadir, lekin undan farqi shundaki, hech qanday ob’ekt
kompyuterning xotirasida saqlanmaydi. Tasvir
tenglamalar asosida quriladi, shu
sababli tenglama koeffitsienti qiymati doimo o‘zgarib turadi. O‘zgargan
koeffitsientlar asosida mutlaqo boshqa tasvir hosil bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanish sohasiga ko‘ra kompyuter grafikasi quyidagi turlarga bo‘linadi:
tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy, ko‘rgazmaliy,
animatsion.
Do'stlaringiz bilan baham: