O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/82
Sana25.10.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1719559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
Kompyuter-grafikasi

HSB rang moduli. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal qabul 
qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom 
A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Rang uch komponent 
yordamida ifodalanadi: turi (Hue) — yorug‘lik to‘lqini uzunligi; to‘yintirilganligi
(Satura-tion) — yorug‘lik to‘lqini chastotasi yoki intensivligi; yoritilganligi 
(Brigfitness) — yorug‘lik to‘lqini soni yoki rangning to‘q yoki ochligi. Yorug‘lik 
to‘lqinining amplitudasi bu yerda ishtirok etmaydi. Umumiy holda HSB 


13 
modulining ixtiyoriy rangi oq va qora bo‘yoqlardan aniq foizda qo‘shilgan 
spektrial rangdan hosil qilinadi. Bu modul uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida 
quyidagicha joylashadi — birinchi o‘q konus asosi aylanasining chizig‘i, ikkinchi 
o‘q konus diametri bo‘lib aylana-ning ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan 
tutashtiradi, uchinchi o‘q konus balandligi. Bundan foydalanib moduldagi ranglar 
sonini hisoblash mumkin. Konus asosi bo‘lgan aylanani 359 ta sektorga spektral 
ranglar bo‘yicha bo‘lamiz, har bir sektor 100 darajali yorug‘lik to‘lqini chastotasi, 
100 darajali yorug‘lik to‘lqinini saqlaydi. Konus sirtining yuzasini hisoblash 
formulasidan bitta sektorda 5000 rang hosil bo‘ladi, agar uni sektorlar soni 359 ga 
ko‘paytirsak, HSB rangli modulidagi 1795 000 ta ranglar soni kelib chiqadi. 
Rangning qiymati aylana markazidan yo‘nalgan vektor sifatida qabul qilinadi. 
Markazdagi nuqta oq rangga, aylana chegarasining nuqtalari esa spektral ranglarga 
mos keladi. Vektorning yo‘nalishi graduslarda berilib ranglar farqini ko‘rsatadi. 
Vektorning uzunligi ranglar to‘qligini ko‘rsatadi. Bunda boshlang‘ich nuqta qora 
rangga to‘g‘ri keladi. HSB rang moduli qamrovi barcha mavjud ranglarning 
qiymatini o‘z tarkibiga oladi. Rang yorug‘ligining pasayishi uning qorayishini 
bildiradi. Rangga qancha ko‘p miqdorda qora bo‘yoq qo‘shilgan bo‘lsa uning 
yorug‘ligi shuncha past bo‘ladi. Rang yorug‘ligi hosil qilish spektral rangga aniq 
foizdagi qora bo‘yoqni qo‘shish bilan xarakterlanadi.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling