9
1.2. KOMPYUTER GRAFIKASIDA RANGLARNING SXEMALARI.
Asosiy savollar:
1.
Elektron rang palitrasi.
2.
CIE Lab rang moduli.
3.
RGB rang moduli.
4.
HSB rang moduli.
5.
CMYK rang moduli.
Tayanch so‘zlar: Rang palitrasi, Profil, Kalibrovka,
Rangni boshqarish
sistemalari, Grossmanning birinchi qonuni, Grossmanning
ikkinchi qonuni
Grossmanning uchinchi qonuni CIE Lab rang moduli,
RGB rang moduli, HSB
rang moduli, CMYK rang moduli
Rang palitrasi. Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi
bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat.
Palitra aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida
yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda
xavfsiz palitralardan
foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va
tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur.
Shuning uchun
xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi. Rangni inson, miyasida yorug‘lik
oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil, yashil, ko‘k)
kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini
oshirish uchun
vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: