O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/82
Sana25.10.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1719559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Kompyuter-grafikasi

I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN 
 
1.1. KOMPYUTER GRAFIKASI HAQIDA TUSHUNCHA 
Asosiy savollar: 
1. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari. 
2. Kompyuter grafikasi turlari. 
3. Kоmpyuter grafikasi turlarining xususiyatlari. 
Tayanch so‘zlar: Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasining 
rivojlanish tarixi. Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasining dasturiy 
ta’minotlari haqida. Grafik faylarining formatlari va ularning xossalari: BMP, 
WMF, GIF, PNG, TGA, GPEG, TIFF, PSD, CDR. Ranglarning sxemalari. Rang 
modellari: RGB, HSB, CMYK, HSL. 
 
Grafik ifodalashning namunalari – geografik xaritalar, iqtisodiy analizning 
tizim diagrammalari, struktura chizmalari, korxonalar va shu kabi qandaydir fikrlar 
to‘plamini ifodalovchi jarayonni tuzish va grafiklashtirish grafika deyiladi. 
Grafikada ikki asosiy element farqlanadi – grafik qiyofa va eksplikatsiya. Grafik 
qiyofa chizmalar to‘plami bo‘lib, o‘zaro bog‘lanishlari bilan tushuniladi. 
Eksplikatsiya - grafik qiyofaning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar to‘plami. 
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma’nosi uning geometrik shakliga 
bog‘lanmagan bo‘lib, sharoitga bog‘liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik 
obrazlardir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta 
bog‘langan bo‘lishi, aniq bir belgilar to‘plami esa simvolikani tashkil etadi. Grafik 
obraz koordinata tizimi yordamida masshtablashgan shkala, o‘lchov birligi, 
nomlangan to‘r, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, 
sonlar chizig‘i, to‘ldiruvchi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi. Geometrik 
eksplikatsiya - bular koordinat o‘qlari, to‘r, shkalalar va masshtablardir. Ular 
yordamida grafik obrazlar geometrik xususiyatlarga ega bo‘ladi, chunki bu 
vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi. Ideografik 



eksplikatsiya - shartli belgilarni ma’nosini tushuntiradi figurali, chiziqli, fonli va 
boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo‘lsa), bu shartli belgilar 
grafika elementlariga aniq bir ma’no bag‘ishlaydi. Xususiylashgan eksplikatsiya 
- sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilar). Bu tushuntirishlar 
grafikaning ushbu bilimlar doirasida qanday joy egallaganini ko‘rsatib til nuqtai 
nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech 
qanday ma’noga ega bo‘lmaydi. Zonal turi - berilgan maydonni bo‘laklarga 
bo‘lib, har bir bo‘lakka maxsus qiymatni biriktirib qo‘yish. Har bir zona gorizontal 
yoki vertikal polosa shaklida bo‘lib, o‘z sarlavhasiga ega bo‘ladi. Jadval turi - bu 
o‘zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat, Masalan, shaxmat 
doskasi ko‘rinishida yoki Excel jadval protsessorining ishchi zonalariga o‘xshash. 
Кompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‘zida 
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlari 
hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida xatto tasvirga oid yangi 
loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling