Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Mustaqil oʻrganish uchun savollar


Download 1.09 Mb.
bet67/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1.Funktsiya deb nimaga aytiladi?
2. Funktsiya tushunchasini kiritishda nimalar asosiy oʻrinni egal-laydi?
3. Maktabda oʻrganiladigan asosiy elementar funktsiyalar oʻrganilishi xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Funktsiya oʻrganilishida qanday asosiy tushunchalar oʻquvchilarga bayon etiladi?
5. Chiziqli funktsiyani oʻrganishda qanday usullar qoʻllaniladi?
6.Kvadratik funktsiyaning qanday xossalari mavjud?
7.Trigonometrik funktsiyalarni oʻrganish qanday xususiyatlarga ega?
8. Funktsiya grafiklarini oʻrganishda nimalarga e’tibor berish lozim?
9. Funktsiya grafiklarini almashtirishlarning qanday usullari mav-jud?
Hech narsa geometrik shakllar kabi ongimiz bilan oson qabul qilinmaydi.
R. Dekart

N IKKINChI MA’RUZA


Mavzu: Tekislikda geometrik shakllarni oʻrganish metoditkasi

1. Geometriya fanini oʻqitishning maqsadlari.


2. Geometriya fani va uning oʻqitilishi haqida tarixiy ma’lumotlar.
3. Maktabda geometriya oʻqitishning mazmuni.
4. 5-6-sinflarda geometriya elementlari.
5.7-9-sinflarda geometriya oʻqitishning xususiyatlari.
Tayanch iboralar: geometriya, geometriya fani taraqqiyoti, maktabda geometriya, geometriya boʻyicha boshlangʻich tushunchalar, sistematik geometriya, tekislikdagi asosiy geometrik shakllar.
1. Davlat ta’lim standartida geometriya oʻqitishga oid vazifalar belgilab berilgan, ya’ni: planimetriyaning metodlari va asosiy faktlarni uzlashtirish; oʻrganilayotgan tushuncha va uslublari hayotda va tabiatda ruy berayotgan xodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini oʻrganish, bu xossalarni amaliyot masalalarini echishga tadbiq etish koʻnikmalarini rivojlantirish.
Shu bilan birga geometrik bilimlar oʻquvchilarga amaliy mazmunli masalalarni echishga; kandaydir real konstruktsiyalarda geometrik figuralarni koʻrishga, texnik chizmalarda tushuna olishlariga yordam berish lozim. Shuningdek, geometriya oʻqitishda oʻquvchilar mantiqiy asoslash koʻnikmasini egallashlari, ayrim xususiy hollarni qarash orqali topilgan bogʻlanishlarning umumiy xarakterga ega ekanligi va ular ma’lum koʻrinishdagi barcha shakllarga taally=li boʻlishi mumkinligini oʻrgatish talab etiladi.
Matematika davlat ta’lim standartida qoʻyilgan maqsadlardan biri- oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yoʻllarini topa olishlariga koʻmaklashish ham ayniqsa geometriya oʻqitishda amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Toʻgʻri tashkil etilgan geometriya oʻqitish oʻquvchilarda geometrik bilmlarni amalda ijodiy qoʻllashni tarbiyalashi ulardagi kelgusi ish faoliyatlarida qoʻllay olishga oʻrgatish uchun asos boʻladi.
2. Geometriya fan sifatida eng qadimga taalluqli yuza va hajmlarni hisoblash uchun amaliy qoidalardan qat’iy, mantiqiy sistemali fanga aylanguncha uzoq davrni bosib oʻtdi. Uning sistematik kursi Evklid tomonidan eramizgacha 3-asrda yaratildi.
2 ming yil davomida Evklidning “Negizlar” asari mantiqiy jihatdan oʻquv qoʻllanmasi boʻlib keldi. Faqat 19-asr ikkinchi yarmidan geometriya asoslari chuqur tahlil qilinib, bu geometriya fani qat’iy mantiqiy tuzilishi qanoatlantirilishi lozim boʻlgan talablar aniqlandi. Bunda rus matematigi N.I.Lobachevskiyning xizmatlari katta boʻldi. Hozirgi davrda geometriya fani qat’iy deduktiv hisoblanadi. Uning asosiga qandaydir aksiomalar sistemasi va ma’lum sondagi asosiy yoki dastlabki tushunchalar qoʻyiladi. Bu tushunchalar mazmuni aksiomalarda ochib beriladi, kursning keyingi barcha bayoni sof mantiqiy yoʻl bilan amalga oshiriladi: har bir kiritilayotgan tushunchaga ta’rif beriladi, har bir yangi mulohaza isbotlanadi, ya’ni mantiqiy ravishda aksiomalar, oldingi teoremalar va ta’riflardan mantiqiy keltirib chiqariladi. Maktab geometriya kursi Evklidning “Negizlar”i ta’siri ostida shakllandi va berilayotgan mazmun hajmiga nisbatan ham, ayrim mavzularning joylashishiga nisbatan ham ma’lum oʻzgarishlarga uchrasada, asosan, usha deduktiv xarakterini saqlab qoldi.
Hozirgi davrda oʻrta maktab 5-6- sinflarida geometriya elementlari oʻrganilib, sistematik geometriya kursi 7-9-sinflarda oʻqitiladi.
3. Geometriya oʻqitish mazmuni oʻquv dasturi va DTS talablaridan kelib chiqadi. Bunda asosiy quyidagi yoʻnalishlarni koʻrsatish mumkin:
1. Asosiy tushunchalarning kiritilishi: nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik va toʻplam.
2. Asosiy geometrik shakllarning oʻrganilishi: kesma, nur, burchak, uchburchak, turtburchak va koʻpburchaklar, fazoviy shakllar: koʻpyoqlar va aylanish jismlari, aylana va doira.
3. Geometrik shakllarning xossalari: uchburchak, toʻrtburchak turlari va ularning xossalari, koʻpburchaklar va muntazam koʻpburchaklar xossalari.
4. Geometrik miqdorlarni oʻrganish: uzunlik, yuza va hajm tushunchalari, uchburchakda metrik munosabatlar.

  1. 5. Tekislikda va fazoda koordinatalar usuli, vektorlar.

6. Geometrik masalalar echish usullariga oʻrgatish: hisoblashga, isbotlashga va yasashga doir masalalarni echish usullarini tarkib toptirish.
7. Geometrik almashtirishlar haqida ma’lumotlar berish va ularning qoʻllanilishiga misollar berish: siljish, parallel koʻchirish, simmetriya kabi almashtirishlar haqida bilimlar berish.

Mustaqil oʻrganish uchun savollar:



  1. Geometriya oʻqitishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Geometriya rivojlanish tarixi va oʻqitilishi haqida nimalarni bilasiz?

  3. Geometriya oʻqitish mazmuni nimalarni oʻz ichiga oladi?

  4. 5-6- sinflarda oʻquvchilarga qanday geometrik bilimlar beriladi?

  5. 7-9-sinflarda geometriya oʻqitishning mazmuni va xususiyatlari nimalardan iborat?




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling