O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
8.3. Quyultirish jarayonni
Quyultirish deb, bo‘tana tarkibidagi qattiq zarrachalarni og‘irlik kuchi yoki markazdan qochuvchi kuch ta’sirida cho‘ktirib, suyuq fazani ajratib olishga aytiladi. Quyultirish mahsulotning mineral va granulometrik tarkibiga, zarrachalarning shakliga, suyuqlikning qovushqoqligiga, bo‘tananing haroratiga, muhitning pNi ga, bo‘tananing tarkibida mahsus kiritiluvchi bor yo‘qligiga va h.k. larga bog‘liq. QUYULtirishdan maqsad, tarkibida 50-70% qattiq zarrachalarni saqlovchi quyultirilgan mahsulot olishdan iboratdir. Bunda tinitish va toza suyuq faza olish masalasi ham hal etiladi. 286 Quyultirishda qattiq zarrachalarning suyuq fazada og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kishni sizish orqali cho‘kish bilan taqqoslaganda bu jarayonda umumiylikni hamda farqni kuzatish mumkin. Umumiylik shundan iboratki, ikkala jarayonga ham og‘irlik kuchi ta’sir etadi. Farqi esa sizdirishda suyuqlik qattiq zarrachalar orasidan sizib o‘tsa, quyultirishda esa qattiq zarrachalar suyuqlik orasidan o‘tib cho‘kadi. Quyultirishda quyidagi dastgohlar va moslamalar ishlatiladi. 1. Bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boruvchi dastgohlar: a) uzluksiz ta’sirli - piramidal tindirgich, konusli quyultirgichlar, silindrlik quyultirgichlar. b) davriy ta’sirli - tashqi tindirgichlar: bo‘larga hovuzlar, havzalar, shlamli basseynlar. 2. Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlar: - gidrosiklonlar, cho‘ktiruvchi tsentrifugalar. - bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boradigan dastgoh va moslamalar katta chan va hovuzlardan iborat bo‘lib, ularga bo‘tana uzluksiz yoki davriy ravishda beriladi. Bo‘tanadagi muallaq qattiq zarrachalar cho‘kma hosil qilib, sekin cho‘kadi, cho‘kma zichlashib, ma’lum miqdorda yig‘ilgandan keyin apparatdan chikarib olinadi. Tingan suvning yuqori qatlamlari dastgoh devorlari orqali quyulib tushadi. Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlarda bo‘tana aylanma harakatga keltiriladi. Aylanish natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida qattiq zarrachalar dastgoh devoriga tomon uloqtiriladi, tingan suv esa aylanish markazida yig‘iladi. a) 1m 3 bo‘tanadagi qattiq zarrachalar Vq va suyuq zarrachalar Vs ning hajmi: ; ; T V T V с к (8.12) b) S : Q (nisbati og‘irlik buyicha) ; 1000 ) ( : T x T К С ( 8.13) v) 1m 3 bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning og‘irligi: 287 1 1000 n К (8.14) g) bo‘tananing zichligi (kg/m 3 ) ; 1000 ) ( Т (8.15) d) kattiq zarrachalarning og‘irlik buyicha konsentratsiyasi. ; 100 T C (8.16) ; 1000 1000 n К (8.17) bu yerda: г – qattiq zarrachalarning zichligi: kg/m 3 Quyultirgichlardagi bo‘tananing yuqori qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi unchalik yuqori emas, shuning uchun zarrachalar erkin tushishsharoitida zarrachalarning o‘lchami va zichligiga bog‘liq holda maksimal tezlik bilan cho‘kadi. Bo‘tananing quyi qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi ortishi bilan ularning cho‘kishi tezligi kamayadi. Zarrachalarning konsentratsiyasi ma’lum chegaraga etganda, ularning cho‘kishi, siqilib tushishsharoitida amalga oshadi. Bunda yirik tez cho‘kuvchi zarrachalar bilan birga cho‘kadi. Cho‘kmaning zichlashishida (siqilishida) qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi maksimumga etadi, ularning cho‘kish tezligi esa nolga yaqinlashadi. Quyultirilgan bo‘tananing zichligi qattiq zarrachalarning o‘lchami va tuzilishiga bogliq. Zarrachalarning erkin tushishsharoitida cho‘kish tezligi kichik o‘lchamli zarrachalar uchun Stoks formulasi orqali ifodalanadi: ; ) ( 545 , 0 d V (8.19) Zarrachalarning siqilib tushish tezligi quyidagi formula orqali ifodalanadi: 0 V V ct (8.20) 288 bu yerda: d- zarrachaning diametri; mm b-qattiq zarrachalarning zichligi; kg/m 3 г - suyuq zarrachaning zichligi kg/m 3. - muhitning qovushqoqligi; Pa s - koffitsent (g‘ovaksimon) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling