293
8.5-rasm. Piramidial tindirgichlar
Quyultirilgan mahsulotga 0,1-0,3 mm
dan katta qattiq zarrachalar, quyulmaga
esa, 0,1 mm gacha yiriklikdagi zarrachalarni saqlovchi unchalik tiniqmassuv ajraladi.
Piramidial tindirgichlar temir betonli hovuzdan iborat bo‘lib,
u bir-biri bilan
piramidial taglik bilan bog‘lanuvchi alohida kameralarga bo‘lingan. Taglikning qiyaligi
65-70
0
. Taglikka teshikchalar qilingan bo‘lib, ularga quyulgan mahsulotni chiqarib
olish uchun kranli patrubkalar o‘rnatilgan. Kameralarning o‘lchami
tindirgich binosi
ustunining qadamiga teng qilib qabul qilinadi.Bo‘tana tindirgichning yuqori qismiga
beriladi va kameradan ikkinchisiga quyiladi. Bo‘tananing harakatlanish yo‘nalishida
uning tarkibidagi qattiq zarrachalar cho‘kadi va ma’lum miqdorda yig‘ilgandan
keyin
kran orqali tushirib olinib, quyiltirilgan mahsulot to‘plagichga jo‘natiladi.
Qisman tinitilgan suv oxirgi kameraning devoridan oqib tushadi. Tindirgich
kameralari bo‘tana bilan ketma-ket va parallel to‘ldirilishi mumkin.
Quyultirilgan mahsulotni piramidial tindirgichdan
chiqarib olish faqat kranli
patrubka orqali emas, balki diafragmali nasos yoki shlyuzli ta’minlagich
orqali ham
amalga oshirilishi mumkin. shlyuzli ta’minlagich aylanishlar soni tarmoqqa ulanadigan
qarshilikka
qarab,
o‘zgaradigan
elektrodvigateldan
harakatga
keltiriladi.
Quyultirilayotgan
mahsulotning
zichligi
kamayganda,
kameraning
tubiga
joylashtirilgan po‘kak cho‘kadi va tyaga yordamida qo‘shimcha qarshilik kiritadi, bu
elektrodvigatelni aylanishlar sonini kamaytirishgava
quyultirilgan mahsulotni
bo‘shatish tezligini pasaytirishga olib keladi.
294
Quyultirilgan mahsulot zichligini ortishi bilan po‘kak qalqib chiqadi,
tarmoqdagi
qarshilik kamayadi, elektrodvigatel aylanishlar soni ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: