O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet126/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Qaynar qatlamli quritgich 
Jarayon qaynar qatlamida olib borilganda qattiq mahsulot zarrachalari va 
qurituvchi agent o‘rtasida kontakt yuzasi ko‘payadi, namlikning mahsulotdan bug‘lanib 
chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi vaqtda qaynar qatlamli 
quritgichlar keng qo‘llanilmoqda. 
Nam material bunkyer (1) dan ta’minlagich (2) orqali quritishkamerasiga 
beriladi. Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to‘r (3) joylashtirilgan. Havo 
ventilyator(6) orqali aralashtirishkamerasiga beriladi va bu yyerda issiq tuto‘nli gazlar 
bilan aralashtiriladi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tuto‘nli gazlar bilan 


311 
aralashmasi) ma’lum tezlik bilan to‘rning pastidan beriladi. Havo oqimi ta’sirida 
mineral zarrachalar qaynar holatga keltiriladi. Quritilgan mahsulot to‘rdan bir oz tepada 
joylashgan shtutsyer(7) orqali tashqariga chiqariladi va transportyor (8) ga tushadi. 
Ishlatilgan gazlar siklon (9) va batareyali (1sh) chang ushlagichda tozalanadi.
8.16-rasm. Bir kamerali mavхum qaynar qatlamli quritgich 
Silindrsimon korpusli quritgichlarda ba’zan quritish jarayoni bir me’yorda 
bormaydi, chunki qatlamda jadallashtirish mavjud bo‘lganligi sababli ayrim zarracha- 
larning dastgohda bo‘lish vaqti o‘rtacha qiymatdan ancha farq qiladi. shu sababli 
o‘zgaruvchan kesimli (m: konussimon) quritgichlardan foydalaniladi. Bunday
konussimon dastgohning pastki qismida gazning harakatlanish tezligi eng katta 
zarrachaning cho‘kish tezligidan katta, tepa qismida esa eng kichik zarrachaning 
cho‘kish tezligidan kam bo‘ladi. Bunday holatda qattiq zarrachalarning nisbatan tartibli 
sirkulyatsiyasi mavjud bo‘lib, zarrachalar dastgohning markaziy qismida ko‘tariladi, 
uning chekka qismlarida esa pastga qarab tushadi. Natijada mahsulot bir me’yorda 
isiydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling