328
Qumoqlik tarkibi –гранулометрический состав –granulometric composition
– kon mahsulotlarida har xil kattalikdagi zarrachalarning miqdori. U ma'lum oʻlchamli
zarrachalar miqdorining tekshirilayotgan mahsulot umumiy massasi nisbatiga teng (%
hisobida).
Dezintegrator –дезинтегратор - disintegrator – yumshatish jarayonini amalga
oshirish uchun ishlatiladigan dastgoh.
Dezintegratsiyalash– дезинтеграция – disintegration – uzoq vaqt jipslashib
yotgan qum va loydan iborat qatlamni buzish va tarkibiy qismlarga ajratish.
Deka –дека - concave – boyitish stolining ustki tekisligi. Dekaning titrama
harakati natijasida ashyolar zichliklari boʻyicha saralanadi.
Diamagnit – диамагнит – diamagnet – ohangrabolik xususiyati yoʻq moddalar.
Disperslik – диспергация - dispersivity – mayinlik (maydalik) darajasi.
Dispergirlik – диспергирование - dispersion – suyuqlik
muhitida erimaydigan
qattiq yoki suyuq moddani hajmda teng taqsimlanishini ta'minlash, maydalash.
Draga – драга - dredge – suvli havzalarda oltinni yuvib olish uchun suzib yurib
ish bajaruvchi, turli xil boyitish uskunalari oʻrnatilgan qurilma.
Dastgoh – аппарат – apparatus – jarayonlarni amalga oshirish uchun yasalgan
qurilma, uskuna.
Tahlil – анализ – analysis – jism yoki birikmaning
tarkibiy qismini aniqlash
jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: