O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yo’nalishlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yo’nalishlari.
Kombinat haqida Olis 1958 yilda qizigan Qizilqum cho`lida vaqtning yangi hisobi, tarixning yangi sahifasi boshlandi. 50 - yillarning oxirida Markaziy Qizilqumning qoq o`rtasida, planetaning eng katta sahrolaridan birining markazida Navoiy kon-metallurgiya kombinati(NKMK) qurilishi boshlandi. Hozir u dunyodagi yirik uran va oltin ishlab chiqaruvchilar o`nligidan joy olgan. Uni yuqori sifatli mahsuloti dunyoga mashhur va xalqaro mukofot va sovrinlarning ko`piga sazovor bo`lgan. Qirq besh yil-katta muhlat emas, ammo u muhim voqealarga boy. Kombinat tarixi katta mamlakat fonida shakllandi va u mustaqil mamlakat - O`zbekiston Respublikasi dunyoga kelishi bilan chambarchas bog`liq. Kombinat tarixi ibratli va yorqin sahifalarga boy. Bu katta ko`lamda amalga oshirilgan sahroni o`zlashtirish, Qizilqumda hayotning haqiqiy go`shasini yaratish; zamonaviy infrastrukturali, noyob, ertakdagidek go`zal shaharlarning qurilishi; yangi transport va konchilik texnikasini o`zlashtirish; dunyo amaliyotida o`xshashi bo`lmagan, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. Biz mamlakat iqtisodiy qudratining asosini tashkil qiluvchi, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz. O`tish davrining qiyin sharoitlarida bu mahsulotlarni ishlab chiqarish yildan - yilga o`smoqda. Buning sezilarli darajada amalga oshishining sababi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning kombinatni, uning jamoasini qo`llab- quvvatlashi va hurmat qilishidir. Bizning barcha tashabbus va takliflarimizga I. A. Karimov va O`zbekiston Respublikasi hukumati yo`l ochib beradi. Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati ko`p tarmoqli yirik sanoat korxonasi bo`lib, bunda uran, oltin, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlarni qidirish, qazib olish va ishlab chiqarishdan tashqari, uning faoliyat doirasiga sulfat kislotasi, zargarlik, trikotaj va to`qimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqarish ham kiradi. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishi korxonaning 12 zamonaviy kon-shaxta, ochiq kon ichi ekskavator transport, metallurgiya, burg`ilash, geologiya qidiruv, qurilish, mashinasozlik, metallga ishlov berish va tahlil qilish uskunalari, hisoblash texnikasi, nazorat o`lchash asboblari va avtomatika vositalari, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini boshqarish, konchilik ishlab chiqarishini loyihalash va texnologik tayyorlashning avtomatik tizimlari bilan doimo jihozlanishidandir. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng bizning respublikada oltin va uran qazib olish sanoati, shu jumladan Navoiy KM К rivojlanishining yangi tarixiy davri boshlandi. Bu davrda NKMKda: - Uchquduq oltin ajratib olish majmuasi: 3-sonli gidrometallurgiya zavodi va Ko`kpatas konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni qazib olish bo`yicha ochiq konlarning qurilishi nihoyasiga yetkazildi va foydalanishga topshirildi; - Zarafshon-Nyumont qo`shma korxonasi(muassislari NKMK, Davlat geologlya qo`mitasi, Amerikaning Nyumont Gould Mayning kompaniyasi) barpo qilindi, Muruntov konining avvaldan to`plangan kambag`al tarkibli ma’danlaridan uyumlab tanlab oltinni eritmaga o`tkazish (UTOEO`) kompleksi qurildi va foydalanishga tushirildi; - Amerikaning Evrotreyd Interneyshnl LTD firmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi Zarispark qo`shma korxonasi (hozirda NKMK tarkibiga kiruvchi “zargarlik zavodi”) barpo etildi va ishga tushirildi; - Jeroy - Sardara koni fosforitlarini sanoat usulida o`zlashtirish uchun yangi texnologiyalar(O`zbekiston va Rossiyaning maxsuslashtirilgan tashkilotlarini jalb qilish bilan NKMK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan)dan foydalanish asosida Qizilqum fosforit kompleksi qurildi va ishga tushirildi; - Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasining quvvatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Xalq iste`moli mollarining yangi turlari, payvandlash elektrodlari ishlab chiqarila boshlandi. Ehtiyot qismlar, shu jumladan chetdan keltirilgan gidravlik ekskavatorlar uchun ham ishlab chiqarish nomenklaturasi kengaydi. 13 Iterpolyator va raqam ko`rsatgichli NT-250I tokarlik, keng universal NF-630 frezalash dastgohlarini ishlab chiqarish o`zlashtirildi; - Kombinat va Respublika ehtiyoji uchun polivinilxlorid va polietilen trubalar ishlab chiqaradigan zavod qurildi va foydalanishga topshirildi; - Yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish usuli bilan uranni qazib oilsh bo`yicha yangi konlar qurildi va foydalanishga topshirildi; - Marmar qazib olish va dekorativ plitalar ishlab chiqarish bo`yicha yangi konlar va texnologik uskunalar qurildi va foydalanishga topshirildi; - 1 -sonli gidrometallurgiya zavodining uran ishlab chiqarishdan bo`shagan quvvatlarida Muruntov konining tarkibida oltin kam bo`lgan ma`danlarini qayta ishlash bo`yicha texnologik liniya yaratildi va sanoat miqyosida suyuq shisha ishlab chiqarish uchun qurilma yasaldi; - 2-sonli gidrometallurgiya zavodi qayta qurildi va buning natijasida zavodning amaldagi maydonlarida ma’danlarni qayta ishlashning hajmi sezilarli darajada oshdi; - Ko`kpatas konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni boyituvchi dastlabki ma’dan bo`yicha unumdorligi 1200 ming tonna bo`lgan tajribaviy ma`dan saralash kompleksi qurildi; - Emulsiyali portlatuvchi moddalar ishlab chiqarish bo`yicha zavod qurildi. Kombinat ijtimoiy-sanoat infrastrukturasining ob’ektlari yuzlab kvadrat kilometrlarni egallagan bo`lib, bu yerlarda sahro qumliklari orasida qurilgan xiyobonlar, yam-yashil bog`lar, havzalar va favvoralari bo`lgan, gullatib parvarish qilingan go`shalar namoyon bo`ladi. Ellikka yaqin millat vakillari: ruslar, o`zbeklar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar bu yerda yashaydi va ijod qiladi. Kombinatning ob’ektlari Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida O`zbekiston hududining kattakon tekis qismi (Qizilqum sahrosi)dagi Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Zafarobod, Krasnogorsk va Nurobod shaharlarida joylashgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling