O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos xususiyatlari 
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos xususiyatlari 
mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: 
-foydali qazilma konlarini o’zlashtirish atrof- muhitga bevosita ta'sir 
ko’rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi; 
-ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo’yadi; 
-qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik 
sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir bo’lish 
ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini ko’tarilishi kabi 
omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va 
xavfli bo’lishiga olib keladi. 



Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik yoki 
anorganik kelib chiqishga ega bo’lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma deyiladi. 
Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig’idan chiqarib olish 
tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko’rinishlarda 
uchraydi. 
Foydali qazilmalarni qazib olish usullari 
Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, ochiq, 
geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik 
korxonalari amalga oshiradi. 
Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish 
ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, 
dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. 
Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi. 
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko’mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi 
konchilik korxonasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling