O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


 Mis – qo‘rg‘oshin – ruxli polimetalll rudalarni flоtаtsiya usulidа boyitish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
3.22. Mis – qo‘rg‘oshin – ruxli polimetalll rudalarni flоtаtsiya usulidа boyitish 
tехnоlоgiyasi 
Polimetall rudalarni boyitish ko‘pincha uning tarkibiga qarab, ikki, uch va undan ko‘p 
boyitmani ajratib olishdir. Misol tariqasida mis – qo‘rg‘oshin – ruxli rudalarni ko‘rib 
chiqaylik. Bu rudalar polimetalll rudalar bo‘lib, qiyin boyitiladi. Polimetalll 
rudalarning murakkabligi va xilma – xilligi shundaki, ularning tarkibida sulfidli 


188 
minerallar (sfalerit, xalkopirit) dan tashqari ikkilamchi sulfidli misminerallari (bornit, 
kovellin, xalkozin), oksidli mis, qo‘rg‘oshin minerallari va pirit bo‘ladi.Mis – 
qo‘rg‘oshin – rux piritli rudalarni boyitishda uch xil ko‘rinishdagi texnologik sxemalar 
qo‘llaniladi: to‘g‘ri - selektiv, kollektiv – selektiv va qisman kollektiv – selektiv. 
To‘g‘ri selektiv flotatsiyasxemasi bo‘yicha avval galenit va sfaleritni sulfit 
kislotasi bilan so‘ndirilib, misminerallari flotatsiyalanadi. Keyin ohak va sianid bilan 
sfalerit va pirit so‘ndirilib galenit flotatsiyalanadi. Keyin sfalerit miskuporosi bilan 
faollashtirilib ruxli flotatsiya o‘tkaziladi, ruxli flotatsiya chiqindisidan pirit 
flotatsiyalanadi. To‘plovchi sifatida ksantog‘enatlar ishlatiladi. 
Kollektiv – selektiv sxema bo‘yicha avval ksantog‘enat yordamida galenit, 
sfalerit xalkopirit va pirit kollektiv boyitmaga ajratiladi. Kollektiv boyitma rux 
ko‘porosi va sianid bilan sfalerit va piritni so‘ndirib mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiyaga 
jo‘natiladi. Keyin mis – qo‘rg‘oshinli boyitma selektsiyalanadi. Bunda yo 
misminerallarini so‘ndirib galenit flotatsiyalanadi, yoki galenitni so‘ndirib 
misminerallari flotatsiyalanadi. Mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilari ketma – ket 
ruxli va piritli flotatsiyaga uchratiladi va shu kondagi boyitmalar olinadi. 
Qisman kollektiv – selektiv sxemada kollektiv boyitmaga faqat mis va qo‘rg‘oshin 
sulfidlari o‘tadi. Mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilaridan sfalerit va keyin pirit
flotatsiyalanadi. 
Mis – qo‘rg‘oshinli boyitmani ajratishda misminerallarini samarali so‘ndiruvchi 
reagent, sianid qisoblanadi, sianidning konsentratsiyasi ortib ketganda, hamda rudada 
sianidli eritmada yaxshi eruvchi ikkilamchi misminerallarining mavjudligi natijasida 
bo‘tanadi katta miqdorda mis ionlari hosil bo‘ladi va ular mis – qo‘rg‘oshinli boyitma 
ajralishini buzadi. shuning uchun jarayonni barqarorlashtirish uchun sianidga natriy 
sulfidi, sulfiti yoki natriytiosulfati qo‘shib ikkilamchi missulfidlarining zararli ta’siri 
susaytiriladi.
Agar galenitni so‘ndirishkerak bo‘lsa, so‘ndiruvchi sifatida sulfid kislotasi, natriy 
sulfidi va tiosulfit ishlatilad 
Keyingi paytlarda mis – qo‘rg‘oshinli boyitmalarni ajratish uchun sianidsiz
texnologiya joriy qilinmoqda. Bu texnologiya bo‘yicha kollektiv boyitma natriy


189 
sulfidi va aktivlangan ko‘mir bilan to‘plovchini desorbtsiyalashga ajratiladi. Keyin 
boyitma natriy sulfiti (tiosulfati) va temir ko‘porosi bilan aralashtiriladi. Misminerallari 
butil ksantog‘enati bilan flotatsiyalanadi, misli flotatsiya chiqindilaridan esa sfalerit 
flotatsiyalanadi va qo‘rg‘oshinli boyitma olinadi. Pirit ohak yordamida yaxshi 
so‘ndiriladi. Bu rudаlаr pоlimеtаll hisоblаnаdi vа qiyin bоyitilаdi. Pоlimеtаll 
rudаlаrning murаkkаbligi vа хilmа – хilligi shundаki, ulаrning tаrkibidа sulfidli 
minеrаllаr (sfаlеrit, хаlkоpirit) dаn tаshqаri ikqilamchi sulfidli mis minеrаllаri (bоrnit, 
kоvеllin, хаlkоzin), оksidli mis, qo‘rg‘оshin minеrаllаri vа pirit kirаdi. 
Mis – qo‘rg‘оshin – ruх piritli rudаlаrni boyitishdа uch хil ko‘rinishdаgi 
tехnоlоgik sхеmаlаr qo‘llаnilаdi: to‘g‘ri sеlеktiv, kоllеktiv – sеlеktiv vа qismаn 
kоllеktiv – sеlеktiv. Охirgi ikki turdаgi tехnоlоgik sхеmаlаr kеng tаrqаlgаn. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling