O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Zichlab tanlab eritish. Uyumda tanlab eritishning mohiyati sizdirib eritish
jarayoniga yaqinroq. Jarayon shundan iboratki, ruda uyum holida suv oʻtkazmaydigan asos ustiga yig’iladi va ustidan sian eritmasi yuboriladi. Eritmani ruda qavati orqali sekin sizib oʻtishi bilan oltin va kumush boyitiladi. Pastdan oqib keladigan oltin saqlagan eritma oltinni choʻktirishga yuboriladi. Xuddi sizdirib eritishdagi kabi uyumda tanlab eritish jarayonida ham granula holidagi sianli eritmani yaxshi oʻtkazadigan rudalar qo`llaydir. Odatda uyumda tanlab eritishda maydalash jarayonidan keyin olingan ruda, ya`ni diametri 5-20 mm boʻlgan rudalar ishlatiladi.Koʻp hollarda maydalanmagan, diametri 100mmgacha boʻlgan rudalar ishlatiladi. Ruda tarkibida gil tuproqning koʻp boʻlishi sian eritmasini oʻtishini, boyitishni sekinlashishini va oltinni ajralishini kamaytiradi. Uyumda boyitish ochiq havoda, maxsus tayyorlangan maydonlarda olib boriladi. Suvni oʻtkazmasligi uchun maydon beton qavati bilan qoplanadi, yoki sun'iy plyonkalar bilan qoplanadi. Erigan oltin saqlovchi eritmani oqishini tezlashtirish maqsadida maydon 2-4 o qiya holida boʻladi. Tayyor maydonga ruda uyum holida yig’ila boshlanadi. Koʻpincha uyum toʻrt burchakli piramida koʻrinishida yig’iladi. 12.1- rаsm. Uyumda tanlab eritish sxemasi. 1 - uyum asosi(maydon); 2 - uyum; 3 - sian eritmalarni purkovchi qurilma(forsunka); 4,6- eritmalarni yig’ish uchun hovuzlar; 5- eritmadan metallni ajratuvchi qurulma. 224 Uyumning balandligi 3-15 m gacha boʻladi va unda 100-200 ming tonna ruda yig’iladi. Uyum ustidan sian eritmasi maxsus sepadigan qurilmalar yordamida sepiladi. Eritmani yuborish tezligi ruda tarkibiga bog’liq boʻlib, 1 kunda uyumni 1 m 2 yuzasiga 0,15- 3 m 3 eritma berilishi mumkin. Eritmaning konsentratsiyasi 0,05- 0,1% boʻlib, muhiti pH 10-11. Ishqor sifatida koʻpincha oʻyuvchi natriy qoʻshiladi, chunki ohak eritma sepadigan qurilmaga tiqilib qolishi mumkin. Uyum ostidan oqib chiqadigan oltin saqlovchi eritma uyum oldidagi eritma yig’iladigan joyga keladi. U yerdan oltin choʻktirishga yuboriladi. Oltin choʻktirish jarayonida oltin koʻmirga sorbsiyalanadi. Oltinsizlashtirilgan eritma sianlash va ishqorlash hususiyati tiklanadi va boyitishga yuboriladi. Boyitish jarayoni tugaganidan keyin erigan oltinni yuvish maqsadida yuqoridan suv sepiladi va yuvilgan ruda chiqindiga yuboriladi. Jarayonning davomiyligi hamma bosqichlarini hisoblaganda, ya`ni uyumni yig’ish, sian eritmasini yuborish, suv bilan yuvish va rudani boʻshatish oʻrtacha 30 kundan 90 kungacha, oltin va kumushning ajralishi 50-70 %ni tashkil qiladi. Uyumda tanlab eritish chiqindilarni qayta ishlaganligi, loyli va balansdan tashqari rudalarni, Shuningdek flotatsiya jarayoni chiqindilarini qayta ishlatilishi sababli rivojlanmoqda. Shuning uchun ham uyumda tanlab eritish uchun ruda tayyorlashning birlashtirish va g’ovaklashtirish jaroyonlari muhim bosqich sanaladi. G’ovaklashtirib biriktirish jarayoniga barcha yanchilgan ruda yohud faqat tasniflangan mayin shlamli fraksiya joʻnatiladi. Birlashtirilgan mahsulot olish uchun qoʻshiladigan mahsulotlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: - Biriktiruvchi mahsulot miqdori(portland sement); - Suv va sian eritmasi miqdori; - Tanlab eritish vaqti. Uyum ustidan quyib turish mustahkamligi xom-ashyoning minerologik tarkibiga, asosan natriy ionlarining kalsiy ionlari bilan ion-almashinuviga bog’liq. Mayda zarralarni kattalari bilan birlashtirish uyum ustidan eritma berishni mustahkamlaydi. 225 Loyli rudalar ohaktosh va Portland sement yordamida birlashtiriladi. Kam loy saqlagan mayin yanchilgan chiqindi mahsulotlar uchun birlashtiruvchi sifatida faqat Portland sement qoʻllaniladi. Birlashtirish vaqtida namlik darajasi 12%, ruxsat etilgan koʻrsatgich 8-16%gachadir. Namlikning yuqori boʻlishi biriktiruvchi qoʻshimchalarning hususiyatlarini yoʻqqa chiqaradi va ustidan sepishni izdan chiqaradi. Oltin-kumush tarkibli rudalarni g’ovaklashtirishning 3ta usuli mavjud: tasmali, barabanli(quvurli) va kosasimon. Uyum maydonini tashkil qilishda oʻsha tub yerning tuzilishi, yuzasi, yer osti, yer usti, ichimlik suvi holati, ob- havo sharoiti, elektr energiya va transport kommunikatsiya tizimi, qayta ishlanadigan ruda hajmi asosiy ta’sir etuvchi omillardan sanaladi. Bu barcha koʻrsatgichlar uyumda tanlab eritish jarayonining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini belgilaydi. Maydonlar qoʻllanilishiga koʻra 3ga boʻlinadi: qayta qoʻllaniladigan, doimiy oʻsuvchi (koʻtariluvchi, balandlaShuvchi), damba ostida tanlab erituluvchi maydon. Maydonlarning oʻlchami tanlab eritish davomiyligi bilan belgilanadi. Birinchi tur maydonlari uchun muovofiq jarayon davomiyligi 1kungacha. Ikkinchi tur uyum maydoninig oʻsib borish balandligi 60m gacha boʻlishi mumkin. Dambali tanlab eritish maydonli uyumlar yer joyi tabiiy qiya boʻlgan joylarda amalga oshiriladi. Bu jarayonning afzalligi Shundaki, eritish tezligi bir necha yillarga qisqarishi mumkin. Rudalarni taxlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: ruda massasini va transportlarni koʻtarishga mustahkamlik va chidamlilik; erituvchi eritmalarga kimyoviy bardoshliylik; eritmaning sizib oʻtishi. 3 xil turdagi asoslar qoʻllaniladi: bir qatlamli, ikki qatlamli, 2past oʻtkazuvchanli ekran, uch qatlamli, uchta past oʻtkazuvchanlikka ega ekran. Maydon qoplamasi sifatida turli mahsulotlar ishlatilishi mumkin. Oʻsuvchi maydonlar uchun yuqori mustahkamlikka ega polietilen, gipalon, polivinil xlorid, doimiy qoʻllaniluvchi maydonlar qoplamasi sifatida asphalt va sintetik materiallar ishaltiladi. Asoslarning yuza qoplamasini tanlashda geomembranaga yetadigani yoʻqdir, u maxsus qayta ishlangan yerdir (grunt). Shuni aytish lozimki, geomembranalrning tarkibi juda mustahkam (qalinligi, mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi)ligi uning qator 226 hususiyatlarida namoyon boʻladi. Bu hususiyatlar quyidagilar; suv oʻtkazuvchanlik, choʻziluvchanlik, kimyoviy bardoshlilik, Shuningdek ekspluatatsiya xarakterlari: ekran qalinligi, yerlarni tayyorlash(aralashish, jipslashish, namlik, shimish). Uyumda tanlab eritishning asosiy jarayonlaridan biri bu uyumni taxlash jarayonidir. Uyum bir yoki bir necha qavatlardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Uyumning balandligi asosning mustahkamliligiga bog’liq. Uyumning asosiy vazifasi mahsulotlarning bir xilda taqsimlanishidir. Uyumda tanlab eritish shtabel inshoati 3 turga boʻlinadi: Birinchi usul - uyum saralanmagan rudadan tayyorlanadi, koʻp kremniyli rudalar uchun qoʻllaniladi. Uyumlar 1-2m balandlikka samasval-buldozerlar bilan chiqariladi, 10 metrgacha boʻlgan balandlikka oʻziyukortar gredorlar yordamida yuklanadi; Ikkinchi usul mexanik kuch ta’sirida yanchilgan mayin mahsulotlar yoki aglomeratsiyadan oʻtgan mahsulotlar uchun qoʻllaniladi. Uyum balandligi 2-4 m; Uchinchi usul konveyerli usul boʻlib- yuqori ish unumdorligiga ega, rudaga bog’liq boʻlmagan, uyum balandligi 6m gacha. Uyumning balandligi maydon oʻlchamiga, qayta ishalanadigan ruda hajmiga va jarayonning samaradorligiga bog’liq. Ayrim hollarda uyum balandligi 40-60m gacha boʻlishi mumkin. Uyumni qavatma- qavat eritish jarayoni keng tarqalgan boʻlib, bunda har bir qavat alohida eritiladi. Maydonning yuqori qismi va yon tomonlari eritmaning parlanishi hisobiga uchib ketmasligi uchun izolyatsiya qilinadi. Qiyaliklar yer qatlami va selofan qoplamalar bilan himoyalanadi. Selofan old qismidan ruberoid qatlami, shishamaterial va charmmateriallar qoplanadi. Sug’orish tizimi quyidagi elementlardan tashkil topgan: sug’orish qurilmasi, sug’orish sxemasi, sug’orish tartibi va turi. Balandligi 4m boʻlan ochiq usuldagi uyumlarni sianid eritmasi bilan sug’orishda yopiq tartibli sug’orishdan foydalaniladi. Kollektorlar yohud forsunkalar (eritmani tomchilatib sepib beruvchi qurulma), ta’sirlashmaydigan materiallar (qum, yer, ruda) bilan, suv oʻtkazmaydigan selofanlar bilan himoyalangan. Sug’orish quyidagicha boʻlishi mumkun: doimiy, bosqichli, ma’lum nuqtaga qaratilgan, forsunka orqali sepiluvchi, ariqsimon, zovursimon va hovuzsimon. 227 Drenaj tizimi uyum orqali oʻtgan eritmalar yig’indisidan va mahsulot saqlanuvchi havza va uni yetkazib beruvchi qurilmalardan iborat. Shuningdek drenaj sistemasida kollektor qismi, filtrlovchi mahsulot va yig’uv quvurlari, uyum ichida maydon qiyaligi, rudaning oʻtkazuvchanligi va eritma hajmi. Rudaning oʻtkazuvchanligi yaxshi boʻlsa uning oʻzi drenaj vazifasini bajarishi mumkin. Drenaj tizimi tashqi tomondan erituvchi eritmani va oqimni oʻtkazadi. Drenajning quyidagi koʻrinishlari qoʻllaniladi: - qum gravi qatlam orqali oʻtuvchi eritma mahsulotlar drenaji, himoyalangan ekranda ushlab qolinuvchi; eritmalar arig`i orqali qabul qiluvchi zumfga tushadi yoki uyum chegarasi boʻylab yig’iladi; - drenaj quvurlari orqali oʻtgan tarmoq, uyum boʻylab qumdan oʻtgan; barcha quvurlar yig’uvchi kollektorda bog’langan hovuzga yig’iladi; - haydash qudug’i eritmasi filtr orqali drenajga oʻtgan, ular himoyalangan ekran ustiga oʻrnatilgan, u yerdan eritma yig’ish hovuziga joʻnatiladi; - eritmalar drenaj quduqlarida yig’iladi, uymning qum gravi qatlamlari uyum asosiga qurilgan; soʻngra eritmalar yig`uvchi hovuzlarga har tomondan oqib keladi. Uyumda tanlab eritish natijasida olingan mahsulotlar undan oltinni ajratib olish maqsadida quyidagi usullarga joʻnatiladi: Sementatsiya (choʻktirish) oʻzidan faol boʻlgan metall yordamida (rux, alyuminiy, qoʻrg’oshin, temir); Sorbsiyalash usuli, faollangan koʻmir va ionalmashinuvchi qatronlar yordamida sorbsiyalash; Elektrolitik ajratib olish; Erimaydigan sulfid shaklida choʻktirish. Chet el amaliyoti eng koʻp tarqalgan usul sementatsiya va faollangan (aktivlangan) koʻmirga sorbsiyalash ekanligini koʻrsatdi. Uyumda tanlab eritish tugagandan soʻng chiqindi uyumda qoldiq sianid va og’ir metallar uchraydi va bu eritmalar zararsizlantirilishi lozim. Sianli eritmalarni zararsizlantirish uchun maxsus usullar qoʻllaniladi: kimyoviy oksidlash va biologik tozalash. 228 Kimyoviy oksidlash gipoxlorit, vodorod qoʻshoksidi, kaliy permanganati, ozon, SO 2 gazlari va havo yordamida olib boriladi. Uyumda tanlab eritish texnologiyasi oddiyligi va iqtisodiy kam harjligi bilan boshqa jarayonlardan farq qiladi. Shuning uchun ham oltin va kumushni ajratib olish foizi kam. Shu omillarni hisobga olganda uyumda tanlab eritish jarayoni 1-2 g/t oltin saqlagan kambag’al rudalarni va oltin ajratib oladigan fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlashga moʻljallangan. Uyumda tanlab eritishning qoʻllanilishi nisbatan boy ruda uchun ham samaralidir. Koʻp afzalliklarga qaramasdan uyumda tanlab eritishning kamchiliklari ham mavjud: kimyoviy reagentlarning koʻpsarf boʻlishi, katta yer maydonini egallashi, xarajatlarning koʻpligi. Murakkab tarkibli(sulfidli) rudalar va chiqindilar uchun uyumda tanlab eritish samarali emas. Sianidli eritmada uyumda tanlab eritishni olib borish iqlimi moʻtadil maskanlar uchun foydalidir, chunki eritish 6-8 oy va ba’zida yil talab qilishi mumkin. Shimoliy rayonlarda issiq havo faqatgina 3oy davom etadi, bu esa sianidli eritmada uyumda tanlab eritish uchun samarasizdir. Rossiyalik bir guruh olimlar uyumda tanlab eritishning alternativ usulini ishlab chiqishdi, bu sulfat-xlorid kislotali marganes ikki oksidi ishtirokidagi tanlab eritishdir. Jarayon juda tez amalga oshirilib, bir necha kun davom etadi. Jarayonning mohiyati Shundaki, sulfat-xlorid kislotali muhitda marganes ikki oksidining gidratlanishi hisobiga 3 va 4 valentli marganes xlorid komplekslari hosil boʻladi va ular nodir metallarni eritmaga oʻtishini ta’minlaydi. Sianidli uyumda tanlab eritishdan koʻra sulfat- xlorid kislotali uyumda tanlab eritish quyidagi afzalliklarga ega: - Atrof- muhitga havflilikning kamayishi; - Atrof- muhitni himoya qilish bilan bog’liq harajatlarning tejalishi; - Jarayonning yuqori tezligi; - Nodir metallartni ajralishining yuqorililigi; - Murakkab tarkibli sulfid-margumushli rudalardan oltinni toʻg’ridan - toʻg’ri ajratib olinishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling