O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Elektr separatorlarining tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

6.3. Elektr separatorlarining tuzilishi 
Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiya’ning 
quyidagi usullari keng tarqalgan: 
elektrostatik separatsiya– elektrostatik maydonda amalga oshiriladi. 
 
tojli separatsiya–tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi 
(zarrachalar ionlashish orqali zaryadlanadi). 
tojli–elektrostatik separatsiya–tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi. 
Kamdan–kam hollarda dielektrik separatsiya ishlatiladi. 
Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga asosan elektr separatorlarini 
quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin.
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog‘onali, plastinkasimon), 
tojli va tojli–elektrostatik (barabanli, kamerali); 
triboadgezion; 
dielektrik; 
Har qanday elektr spearatorining tuzilishi zarrachani zaryadlovchi moslama va 
mineral zarrachaning ajralishi sodir bo‘luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi. 
Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda 
tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi–yuqori kuchlanish 
manbai. 
Mineral zarrachalarni elektr–o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun o‘n oltita 
parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog‘onali separator 
ishlatiladi (6.2–rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari 2–jalyuzsimon. 
Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori yerga ulangan, izolyatorlar 3 ga ulangan 
boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi.


265 
6.2–rasm. Plastinkasimon elektrostatik separator. 
Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o‘n oltita 
elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o‘tkazuvchi zarrachalar tekis elektroddan 
o‘ziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi idish 4 ga tushirib 
olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar separatorning hamma kaskadlaridan o‘tib 
qabul qiluvchi idish 5 ga tushadi.
Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va 
beriladigan kuchlanganlikni o‘zgartirib boshqariladi.
Amaliyotda barabanli tojli va tojli–elektrostatik separatorlar eng ko‘p ishlatiladi. 
25–rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. Qutichada 
podshipniklarda metall baraban–cho‘ktiruvchi elektrod 3 aylanadi. Undan ma’lum 
masofada alohida quti 5 da barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta 
ingichka o‘tkazuvchilar–tojlantiruvchi elektrodlar 4 tortilgan. Barabanning ustida 
yo‘qlovchi voronka 2, ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta 
bo‘limlardan iborat qabul qiluvchi bunkyer 6 o‘rnatilgan. Barabanni yopishib qolgan 
zarrachalardan tozalash uchun aylanuvchi cho‘tka 1 ko‘zda tutilgan. Tojli 
elektrsizlanishhosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanishberiladi. 
Cho‘ktiruvchi elektrod yerga ulanadi. 


266 
6.3–rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi 
Aylanuvchi baraban orqali material bunkyerdan elektrodlar orasidagi maydonga 
beriladi. Baraban yuzasida mineral zarrachalar ionlar oqimidan zaryad oladilar. Tok 
o‘tkazmaydigan zarrachalar barabanda zaryadini o‘zgartirmaydi, uning yuzasida 
ushlanib qoladi va bunkyerning III bo‘limiga to‘qiladi. O‘tkazuvchi zarrachalar 
zaryadini tez o‘zgartiradi va baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarracha sifatida 
itariladi va I bo‘limga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarrachalar esa II bo‘limga 
bo‘shatiladi. 
Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashqil topib, ularda 
asosiyseparatsiya va mahulotlardan birini tozalashsodir bo‘ladi. 
Elektr separatsiya asosan kamyob metalllar rudalari (qalay, volfram, titan–
tsirkoniy, tantal–niobiy) ning konsentratlari sifatini me’yorga etkazish, shuningdek, 
kyeramik mahsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va h.k. larni 
boyitishda qo‘llanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling