267
Minerallarning elektr o‘tkazuvchanligidagi farq qancha katta bo‘lsa, ularning
separator ishchi maydonida harakatlanish traektoriyasi shuncha sezilarli farq qiladi va
buning natijasida minerallarni ajratish osonlashadi. Yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikka
ega zarrachalar yerga ulangan elektrodda tez elektrsizlanadi va uncha katta bo‘lmagan
qoldiq zaryadga ega bo‘lib, mexaniq kuchlar ta’sirida barabandan u bilan to‘qnashgan
zahoti uziladi.
Zarrachalarning yomon elektr o‘tkazuvchanligi elektr tortishish kuchlari hisobiga
zarrachalarni baraban yuzasida ushlab turishga imkon beruvchi
kattalikdagi qoldiq
zaryadni saqlab qolishni ta’minlaydi. Zarrachalarning elektr o‘tkazuvchanligi qancha
kichik bo‘lsa, ular barabanda shuncha uzoqroq ushlanib
turadi va yuqori elektr
o‘tkazuvchi zarrachalar zonasidan shuncha uzoqda bo‘ladi.
Zarrachalarning o‘lchami ularning tojli elektrsizlantirish maydonida oladigan
zaryadini belgilaydi. Biroq zarrachaning o‘lchami ortishi
bilan uni yuzasidan uzuvchi
markazdan qochuvchi kuch ham ortadi. Zarrachalar o‘lchamidagi farq katta bo‘lganda
ularni aniq ajratish qiyinlashadi. Yirik tok o‘tkazmaydigan zarracha mayda tok
o‘tkazadigan zarracha bilan bir vaqtda barabandan o‘zilishi va,
aksincha, juda kichik
o‘tkazuvchi zarrachalar o‘tkazmaydigan fraksiyaga tushib qolishi mumkin.
shunday
qilib, elektr separatsiyada yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish uchun
mahsulotlarni boyitishdan avval klassifikatsiyalanadi.
Agar boyitilayotgan mahsulotda changsimon zarrachalar
sezilarli miqdorda
bo‘lsa, minerallarning elektr separatsiyasi keskin yomonlashadi. Shuning uchun
jarayonni o‘tkazishdan oldin mahsulot changsizlantirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: