O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
2.10. Konsentratsion stolda boyitish
Konsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metallli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi. Konsentratsion stolda boyitishmineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Konsentratsionstolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir. 79 SKM - 1 A markali konsentratsionstol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat - bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi mumkin. Deka yog‘ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, stekloplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu plankalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzo‘nligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi. Konsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi. Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin. Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli-ekstsentrik mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi. Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi. Stol ishlayotgan paytda deka notekisharakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga yetadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi. Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi. 80 2.8-rasm.Sanoatda ishlatiladigan Kontsentratsion stol Dastlabki mahsulot butana holida mahsulotni yo‘qlash qutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi. Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Mahsulotni yo‘qlash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama-qaytarma harakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab harakat qiluvchi inertsiya kuchi. Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma harakati natijasida Ruda aralashmasi deka buylab harakatnadi. Bunda turli zarrachalarning harakatlanish tezligi bir xil emas: katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab harakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga harakatlanish tezligiga nisbatan katta bo‘ladi. Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning kundalang yuzasi bo‘ylab zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezroq harakatlanadi. 81 2.9-rasm. Konsentratsionstol SKM-1A 1- richag ekstsentrik mexanizm; 2-deka; 3-prujina; 4-maxovik; 5-kranshteyn; 6-tirsakli richag;7-tyaga; 8-tayanch roliklari; 9-elektr-dvigatellar; 1sh-tega;11-yo‘qlovchi ariqcha;12-suv uchun ariqcha; 13-aylanuvchi parraklar. Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv tez bilan yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral zarrachalar aralashmasining kavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og‘ir zarrachalar,keyin yirik ogir zarrachalar, mayda yengil va oxirida-yirik yengil zarrachalar joylashadi. Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik yengil zarrachalar yuviladi. Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda yengil zarrachalar yuvilishni boshlaydi. 82 Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallarning ajralishsxemasini tuzish uchun T - og‘ir mineral zarrachasi,uning inersiya kuchi ta’siridagi harakatlanish tezligi V 1 , suvning yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning kundalang kesimi bo‘ylab harakatlanish tezligi V 2 ; Yengilmineral zarrachasi L uchun bu tezliklar U 1 va U 2 . Yuqorida bayon qilinganidek yengil va og‘ir minerallar harakat tezliklaridagi nisbat. V 1 > V 2 ; U 1 < U 2 ( 2.39 ) Og‘ir mineral zarrachasi TA, yengilmineral zarrachasi esa LV yo‘nalishda harakatlanadi. Shunday qilib, og‘ir va yengilmineral zarrachalari stoldan turli xil nuqtalarda tushadi va bu ularni alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi. Yonbosh tarafda og‘ir minerallar-konsentratga ajraladi, stolning ostki qismining uzatmaga yaqin qismida yengilminerallar-chiqindini tashqil qiladi. Oraliq zonada esa oraliq zichlikka ega minerallar, hamda ajralishga ulgurmagan minerallar oraliq mahsulotni tashqil qiladi. Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruktsiyasi, dekaning tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi konsentratsionstollar ishlatiladi. 2.10-rasm Mineral zarrachalarning zichligidagi farqqa qarabstol yuzasida harakatlanishsxemasi 83 Sanoatda SKP / stol (konsentratsionniy podvesnoy) - SKP-15, SKP-22, SKP-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi); SKO-(stol konsentratsionniy oporniy); SKO-15; SKO-22; SKO-30 va h.k. markali stollar chiqariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling