O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi


-§. Stolbali va sidirg`asiga qazish tizimlarini qiyosiy baholash


Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/100
Sana23.11.2023
Hajmi7 Mb.
#1795646
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100
Bog'liq
Дарслик Мислибаев

7.7-§. Stolbali va sidirg`asiga qazish tizimlarini qiyosiy baholash 
Uzun stolbali qazish tizimlari yupqa va o`rtacha qalinlikdagi turli qattiqlik 
hamda oglsh burchagiga ega bolgan ko`mir qatlamlarini qazish uchun tavsiya etiladi. 
Kon-tayyorlov lahimlari ko`mir qatlami orasidan o`tkazilib saqlanishi tufayli uzun 
stolbali qazish tizimlari atrof jinslar massivi turli mustahkamlikka ega va bo`shroq 


233 
bolgan ko`mir qatlamlarini qazishda ham qollanilishi mumkin. Bu tizimlar kon 
zarbasi namoyon bolishi ehtimoli bor va katta chuqurlikda o`ta pishiq jinslar orasida 
joylashgan yupqa qatlamlarni qazish uchun tavsiya etilmaydi. 
Stolbali qazish tizimlari sidirg`asiga qazish tizimlariga nisbatan qator 
qulayliklarga ega. Bu qulayliklar quyidagilarni qamrab oladi, gidrofikatsiyalangan 
mustahkamlagichlar bilan birgalikda qazish komplekslari va agregatlarining samarali 
qollanishiga imkoniyat yaratib beradi; kon-tayyorlov lahimlarini o`tkazish tezligining 
yuqoriligi qatlamni qazish maydoni hududida mufassal razvedka qilish ishlarini olib 
borishni ta`minlaydi; taxmonlar o`ymasdan lavalarda qazish ishlari tashkil qilinadi va 
ular uzunligi o`zgarmasligi ta`minlanadi; yer osti transportining ishonchli ishlashini 
ta`minlaydi. 
Stolbali qazish tizimlarida shamollatish sxemasi sidirg`asiga qazish tizimiga 
nisbatan bir qancha murakkab bolib, bu murakkablik qavatni nimqavatlarga bolib 
qazishda yanada keskinlashadi. 
Yuqorida keltirilgan xulosalar asosida qazish kavjoylari yuklamasini 
oshirish orqali kon ishlari konsentratsiyasi darajasini ko`paytirib, stolbali tizimlarning 
murakkab variantlaridan soddaroq variantlariga o`tish natijasida tizimning texnik-
iqtisodiy; ko`rsatkichlari sezilarli darajada samaraliroq bo`lishiga erishiladi. Shu 
sababli hozirgi vaqtda uzun stolbali qazish tizimlari keng qollaniladigan asosiy 
tizimlardan biri bo`lib qolgan. Biroq stolbali tizimlarda sidirg`asiga qazish tizimlariga 
nisbatan ko`mir yo`qotilishi 5-7% ga ko`proq va kon-tayyorlov ishlarining hajmi ham 
kattaroq bo`ladi. 
Ko`rsatilgan kamchiliklar saqlovchi 
butunlik 
qoldirmasdan qazish 
texnologiyasini qo`llash, transport lahimlaridan shamollatish lahimlari sifatida 
ikkilamchi foydalanishni amalga oshirish asosida bartaraf etiladi. Natijada stolbali 
qazish tizimida yo`qotiladigan ko`mir miqdori sidirg`asiga qazish tizimidagi 
yo`qotilishga yaqin bo`lib qoladi, ya`ni kamayadi.
Qazish chuqurligi oshib borishi bilan qatlamlar gazdorligi ham ko`payib 
bormoqda, bu esa yuqori unumdorli komplekslar; qo`llanishini murakkablashtiradi. 
Komplekslar qo`llanganda qazish tizimi quyidagilarni ta`minlashi lozim: 


234 
- lava bilan shamollatish shtreki tutashgan joyda metan gazi konsentratsiyasi 
yuqori bo`lishini bartaraf etish; 
- har bir qazish kavjoyidan chiqishni toza havo oqimi bilan ta`minlash; 
- tashish va qazish lahimlarini alohida havo oqimlari bilan shamollatish; 
- qazib olinayotgan qatlamlarni yer ostidan yoki yer yuzidan skvajinalar 
yordamida avvaldan gazsizlantirish; 
- qazish kavjoy yuklamasi yuqori bo`lishini ta`minlash.` 
Yuqorida keltirilgan talablarning ko`pchiligi faqat stolbali qazish tizimlari 
qo`llanilgandagina bajariladi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling