229
Afzalliklari: kon-tayyorlov lahimlari hajmi nisbatan kichik shamollatish
sxemasi sodda, qazish maydonini tayyorlash vaqti qisqaroq. [18]
Kamchiliklari: shtreklarni saqlash sharoitlari og`ir, qatlam unumdorligi kam,
qatlamni qo`shimcha razvedka qilish imkoniyati yo`q.
7.5.2-§. Qavatni nimqavatlarga bo`lib sidirg`asiga qazish tizimi
Bu tizimda qavat oraliq shtreki o`tkazilish yo`li
bilan nimqavatlarga
bo`linadi. Nimqavatlardagi ko`mir zaxirasi to`gri yo`nalishda qazib olinishi bois,
oraliq shtreklari qazilgan bo`shliqda tiklangan toshdevorlar yordamida saqlanadi.
(7.9-rasm). O`zining mohiyatiga kora, qazish tizimining bu ko`rinishi yuqorida ko`rib
o`tilgan qazilgan ko`mirni ortki bremsbergga tashuvchi
stolbali tizimga juda
o`xshashdir.
7.9 -rasm. Qavatni nimqavatlarga bo`lib sidirg`asiga qazish tizimi.
Sidirg`asiga qazish tizimining ushbu varianti atrof jinslari bo`shroq va
gazdorlik darajasi kichik bo`lgan yotiq va qiya qatlamlarni qazishda qo`llaniladi. Bu
tizim qollanilganda qazib olinayotgan qatlamni razvedka qilish,
oraliq shtreklar
turg`unligini (saqlanishini) ta`minlash kabi ishlarni olib borishga qulay sharoitlar
yaratiladi.
Biroq, kon-tayyorlov lahimlari hajmining katta bolishi ko`p
miqdorda
dastlabki kapital mablag` sarflanishini talab etadi.