O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi


Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/100
Sana23.11.2023
Hajmi7 Mb.
#1795646
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Bog'liq
Дарслик Мислибаев

7.3-§. Qazish tizimlari tasnifi 
Konlarning turli geologik sharoitlarda yotishi va kavjoylarda qo`llanadigan 
qazish texnologiyaiarining har xilligi qazish tizimlarini ham turli variantlarga ega 
bo`lishini taqozo etadi. sababli qazish tizimlarini tasniflashga zarurat tug`iladi. 
Qazish tizimlarini tasniflashda shunday umumiy belgi borki, u barcha 
variantlarga mansub bo`lib, kon-tayyorlov va kon qazish ishlarining olib borish 
navbati bilan ifodalanadi. Bu belgi asosiy belgi bo`lib, qazish tizimi ko`rinishlarini 
(sidirg`asiga qazish, uzun stolbalarga ajratib qazish, aralash usulda qazish, kamerali, 
kamera-stolbali qazish tizimlari) aniqlab beradi. Qazish tizimlarini tasniflashda 
yuqorida ko`rsatilgan asosiy belgidan tashqari, qazish kavjoyining uzunligi (uzun 
yoki qisqa), qatlamni tabaqalarga ajratib yoki ajratmasdan qazish, kavjoyni qazish 
maydoni bo`yicha qatlamning yotish elementlariga nisbatan cho`ziqlik, tushish, 
ko`tarilish va diagonal bo`yicha surilishi kabi yordamchi belgilar ham hisobga 
olinadi. 
Professor A.P. Kilyachkov yuqorida keltirilgan barcha belgilarni uch 
guruhga birlashtirish asosida qazish tizimlarini tasniflaydi (7.1-rasm). Professor 
keltirgan qazish tizimlari tasnifldanl tashqari qatlamlarni tabaqalarga ajratib yoki 
ajratmasdan qazish belgisiga asoslangan A.S. Burchakov va Y.A. Jejelevskiy tavsiya 
etgan qazish tizimlari tasnifidan ham konchilik amaliyotida foydalaniladi. Bu tasnif 
6.1-jadvalda keltirilgan. 


209 
Muayyan geologik sharoitlar uchun ko`p sonli qazish tizimlari ichidan ilg`or 
va iqtisodiy samarador tizimni tanlab olish zarurdir.
Tanlab olingan qazish tizimining ilg`orligi zamonaviy texnikaga mosligi 
mezoni bilan aniqlanadi. Uning iqtisodiy samaradorligi esa texnik-iqtisodiy 
solishtirishlar asosida aniqlanadi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling