O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi
VII BOB. QATLAMLI KONLARNI QAZISH TIZIMLARI
Download 7 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик Мислибаев
VII BOB. QATLAMLI KONLARNI QAZISH TIZIMLARI
7.1-§. Qatlamli konlarni qazish tizimlari to`g`risida umumiy ma`lumotlar Qatlamli konlarni qazish tizimlari deganda qazish maydoni hududida vaqt va makon bo`yicha o`zaro boglangan tayyorlov va qazish lahimlarni o`tkazish tartibi tushuniladi. Har qanday qazish tizimiga quyidagi talablar qo`yiladi: kon ishlarini olib borish xavfsizligi ta`minlanishi; qazish ishlari samarador bo`lishi; insonni o`rab turgan muhit va yer osti ne`matlarini saqlash. Ishlarni xavfsiz olib borishni ta`minlash uchun qazish kavjoyidan, atbatta, ikkita chiqish yo`li bolishi shart. Shuningdek, kavjoy oldi ishonchli mustahkamlangan bolib, ish joylari uzluk- siz shamollatib turilishi kerak. Ko`mir changini bostirish, kon zarbasi va to`satdan ko`mir va gazning otilib chiqishi hodisalarini oldini olishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazilishi ham talab etiladi. Qazish tizimining samaradorligiga 1 tonna ko`mirni qazib olishga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining mumkin qadar minimal bolishini ta`minlash hisobiga erishiladi. Mehnat unumdorligining yuqori bolishi qazish tizimining samarali bolishida katta ahamiyatga egadir. Chunki 1 tonna qazib olingan ko`mir tannarxining qariyb 40% ni ish haqi tashkil qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish esa qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasi, ishchilarning kasbiy malakasi, kavjoylarda qazish ishlarini tashkil qilish usuli va shu kabi muhim omillarga bogliqdir. Yer osti ne`matlarini saqlash foydali qazilma yo`qotilishi, xomashyo konditsiyasi va boshqa sifatiy ko`rsatkichlar miqdorini belgilovchi asosiy Davlat qonuni va qonuniyatlari asosida amalga oshiriladi. Qazish tizimlari quyidagi muammolarni hal qilish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, qazish ishlarini konsentratsiyalash (kavjoy 206 yuklamasini ko`paytirish) va ishonchliligini ta`minlash uchun qulay sharoit yaratib bera olishi kerak: kon-tayyorlov va qazish ishlarining o`zaro salbiy ta`sirini yo`qotish; qazish kavjoylarining tashish va shamollatish sharoitlari bo`yicha avtonomligini ta`minlash; kon lahimlarini saqlashning samarali usullarini qo`llab, lava uzunligining turg`un olchamlarini ta`minlash maqsadida В qazib olish kompleks va agregatlarining yuqori unumdorlik bilan Яш ishonchli ishlashiga sharoit yaratish; gaz ajralib chiqadigan joylajrda gazsizlantirish bo`yicha tadbirlar o`tkazish asosida qazish lavalarida bajariladigan ishlarga gaz ta`sirini kamaytirish; ko`zda tutilmagan hollarda lavalar to`xtab qolishiga sabab bo`ladigan geologik buzilishlarni bashorat qilish. [9] Download 7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling