O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


IV.2.KON JINSLARINI QAZISH-YUKLASH ISHLARI


Download 182.5 Kb.
bet9/16
Sana23.12.2022
Hajmi182.5 Kb.
#1050008
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Yo\'ldoshboyev M.V BMI -2022y.

IV.2.KON JINSLARINI QAZISH-YUKLASH ISHLARI
Qazish yuklash ishlari kon massasini zaboydan qazib olish va ularni trasnsport vositalariga yuklash yoki ag’darishga tashish ishlarini o’z ichiga oladi. Karyerlarda qazish-yuklash uskunalari sifatida davriy va uzluksiz harakatlanuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Qazish tog’ jinslari burg’ulash - portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanganda qazish – yuklash ishlarini bajarish uchun bir cho’michli ekskavatorlardan foydalaniladi. Ular asosan zich tog jinslarini yumshatmasdan, qoyali va yarim qoyali tog jinslarini oldindan yumshatib qazib olishga muljallangan.
Cho’mich, strela va rukoyat – mexanik kurakli ekskavatorning ishchi organlari hisoblanadi.
Bu ekskavatorlar bilan zich tog jinslarini ekskavasiyalash jarayonida chumichning keskir tishlari bilan tog jinsi qatlami qirqiladi. Tuldirilgan chumich bilan ekskavator bushatish joyiga buriladi va kovshni (chumichni) bushatib, ishchi organ yana qazish joyiga qaytadi. Portlatib yumshatilgan uyumlarni yuklashda esa, chumich uyumga botiriladi.
Rukoyatni siljitish prinsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bo’linadi.
Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bulinadi:

  1. Karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;

  2. Ochish ishlari uchun mo’ljallangan ekskavatorlar.

Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog’ jinslarini qazib olish
va ularni transport vositalariga yuklashga mo’ljallangan.
Ochish ishlariga mo’ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bushliqlarga tashlab ishlaydi.
Bir chumichli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AKSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi.

Ekskavatorlar ish unumdorligini hisoblash.
Mexanik kurakli qazib-yuklovchi ekskavatorlar karyerlarda keng qullaniladi. Ular konstruksiyalarining tuzilishi – uzluksiz ishlovchi qazib-yuklovchi mashinalar ishlay olmagan iqlim sharoitlarida xam ishlash imkonini beradi.
Ekskavatorning ish unumdorligini hisoblash uchun eng avval ekskavator turini tanlab olish kerak bo’ladi. Men ushbu malakaviy bitiruv ishida Qalmoqir koni Sharqiy kareri sharaoitida qazish-yuklash ishlarini amalga oshirish uchun EKG-10 ekskavator turini tanladim.
Menga berilgan topshiriqdagi kon massasi hajmini avtomobil transportiga yuklash uchun kerak bo’ladigan ekskavatorlar sonini hisoblash uchun dastlab bitta ekskavatorning ish unimdorligini hisoblash talab etiladi. Endi tanlab olingan ekskavatorning soatlik texnik unumdorligini xisoblaymiz:
Pe.tex = ( m3/soat)
Bunda, Ye – ekskavator cho’michining sig’imi, m3;
Ts.r – ekskavator bitta ish siklining davomiyligi, sek;
Ts.r =52 sek.
ke – ekskavasiya koeffisiyenti bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:
ke =
Bunda, kn.k – ekskavtor cho’michining tog’ jinsi bilan to’lishini xisobga oluvchi koeffisiyent.
kr.k – tog’ jinslarining ekskavator cho’michida maydalanishini hisobga oluvchi koeffisiyent.
ke ning qiymati qazib olinayotgan tog’ jinsining turi, tog’ jinslarining burg’ulash-portlatish ishlari natijasidla maydalanish darajasi kabi xossalaridan kelib chiqqan xolda 0,5 0,95 gacha o’zgaradi. Biz ke=0.6 deb qabul qilamiz.
kzzaboy koeffisiyenti bo’lib ekskavator va u ish olib boradigan zaboy parametrlarining bir –biriga mos kelishini hisobga oluvchi koeffisiyent bo’lib, uning qiymati: kz = 0,8 0,9 ga teng.
Agar kz = 0,8 deb olsak, u holda
Pe.tex = m3/soat
Endi ekskavatorning ekspluatasion-smenalik ish unumdorligini topamiz:
Pe.sm = Pe.tex.
Bunda, Tsm – smena davomiyligi bo’lib, Qalmoqir konida ekskavatorlar uchun Tsm =12 ga teng;
ki.e - ekskavatorning ish vaqtidan foydalanish koeffisiyenti, ki.e=0.5 deb qabul qilsak, ekskavatorning bitta smena davomidagi ish unumdorligi quyidagiga teng bo’ladi:
Pe.sm = 332∙12∙0.5=1992 m3/smena
Ekskavatorning yillik ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: Pe.g = Pe.sm ∙Nd ∙nsm
bunda, NdVaqt me’yorlari bo’yicha bitta ekskavatorning 1 yil davomidagi ish kunlari soni bo’lib, qoplovchi tog’ jinsi qazib olishda uning qiymati 240-270 kun deb olinadi.
nsm = 2, Bir sutkadagi ish smenalari soni.
U holda,
Pe.g = 1992∙240∙2=956160 m3/yil
Yuqorida hisoblangan ma’lumotlardan foydalanib, bizga malakaviy bitiruv ishi topshirig’ida berilgan kon massasi hajmini transport vositalariga yuklash uchun kerak bo’ladigan ekskavatorlar sonini aniqlaymiz:
Neks =
bu yerda: Vg.m.-bir yilda qazib olinadigan kon massasi hajmi.

Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling