O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 1.68 Mb.
bet20/36
Sana25.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1120335
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Meliyev БИ Охри Malaka oshirish (2)

2. Suyuqlik bilan sovitish tizimi. Dvigatelning slindrlari atrofida, shuningdek, kallagi ichida bo‘shliqlar (sovitish g‘iloflari) bo‘lib, ular sovituvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Sovitish g‘iloflari patruboklar yordamida qizigan suyuqlikni sovitib beradigan radiator bilan ulanadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi (1-rasm).
Qopqoqda klapanlar bo‘lib, sovitish tizimining ichki bo‘shlig‘i ular orqali atmosfera bilan bog‘lanadi. Bunday sovitish tizimini yopiq sovitish tizimi deyiladi. Yopiq sovitish tizimidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 45…100 kPa ga ortiq bo‘ladi. Suyuqlik bunday bosimda uning harorati taxminan 109…120°C ga yetmaguncha u qaynamaydi.

1-rasm. Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining umumiy ko‘rinishi
Ishlash prinsipi: Tizimdagi bosim me’yoridan ortib, klapan ochilganda, ortiqcha bug‘ quvur 9 orqali tashqariga chiqariladi. Yopiq sovitish tizimi ochiq sovutish tizimiga, ya’ni tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera bilan bog‘lanib turadiganiga, nisbatan birmuncha ixcham bo‘ladi va suyuqlikning bexuda sarflanishi oldi olinadi.

2-rasm. Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining prinsipial sxemasi
Tizimda suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Suyuqlik nasosi o‘zining shkivi orqali dvigatel tirsakli valining shkividan harakatga keltiriladi. Suyuqlik blok va kallagi sovitish g‘iloflarining qizigan devorlari ta’sirida qiziydi va radiator quvuri 1 orqali radiatorning yuqorigi idishiga o‘tadi. Suyuqlik, havo oqimi bilan shamollatilayotgan radiator quvurlarida sovitiladi va radiatorning pastki idishiga oqib tushadi (2-rasm).
Radiator orqali o‘tadigan havo oqimining vujudga kelishi ventilyatordan va avtomobilning harakatida uning oldidan bo‘ladigan qarshi havo bosimining oqimidan paydo bo‘ladi. Sovitilgan suyuqlik radiator quvuri 4 bo‘ylab nasosga va undan suv taqsimlagich quvuri orqali har qaysi silindrning kuchli qizigan joylariga qayta yuboriladi. Suv taqsimlagich trubasi slindrlarga nasosdan qanchalik uzoqlikda bo‘lishidan qat’iy nazar ularni bir tekis sovishini ta’minlaydi (3-rasm).


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling