Rp < Rrux
Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tomyopg’ich qismida yoki tashqi devorida o’rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud bo’lgan xonalarning har 1 m3 hajmiga 0,05 m2 dan va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1 m3 hajmiga 0,03 m2 dan kam bo’lmagan miqdorda loyihalashtiriladi. Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po’lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to’ldirilgan panellar va shunga o’xshash engil qurilmalar misol bo’laoladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan og’irligi 120 kg/m2 dan oshmasligi kerak. Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 5 mm bo’lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 1,5 m2 dan kam bo’lmasligi lozim. Tomyopg’ich sirtida o’rnatilgan EOK qurilmasining umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri 180 m2 dan oshmagan, alohida to’rtburchaklarga bo’lingan holda joylashtirilgan bo’lishi kerak. Bu qurilmalarning og’irligidan hosil bo’ladigan bosim 0,7 kPa (70 kgs/m2 ) dan ko’p bo’lmasligi kerak.
A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o’rnatilgan EOK qurilmalari, ishlab chiqorish tartiboti talablarini buzmagan va atrof-muhitni hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko’pqavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda o’rnatilishi lozim. Bunday xonalarni erto’la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat etilmaydi
XISOB QISMI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Абдурашидов К.С., Хабилов Б.А., Тўйчиев Н.Ж., Рахимбоев А.Г. Дарслик.
«Қурилиш механикаси», Тошкент, 2000.
2. Azimov X.A. Bino va inshootlar yong’in xavfsizligi. O’quv qo’llanma. T.:-2004
3. Асқаров Б. "Қурилиш конструкциялари" Дарслик Тошкент, 1995.
4. Xudoev A.D. Yong’in xavfsizligi. Toshkent. 2000 y.
5. Қамбаров Х.У, "Турар жой биноларининг конструктив элементлари" Ўқув
қўлланма. «Ўқитувчи Тошкент-1992 й.
6. ҚМҚ 2,03.08- 98 «Ёғоч конструкциялари». ЎзР Давлат архитектура ва
қурилиш қўмитаси - Тошкент, 1998, 79 бет.
7. ҚМҚ 2.01.03-96 «Зилзилавий худудларда қурилиш.
8. ҚМҚ 2.02. 01-98 «Бино ва иншоотлар заминлари».
9. ҚМҚ 2.08. 01-94 «Тураржой бинолари»
Do'stlaringiz bilan baham: |