О’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligi islom kаrimov nomidаgi toshkent dаvlаt texnikа universiteti olmаliq filiаli


Payvandlashning respublika, xalq ho’jaligida tutgan o’rni


Download 1.42 Mb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1501918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
пайвандлаш

Payvandlashning respublika, xalq ho’jaligida tutgan o’rni.
Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikanmg hamma sohalaridagi metallami payvandlashda: elektron nur, lazer, yuqori haroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi samarali payvandlash usullari qo‘llanilmoqda.
Bir qator sanoat tarmoqlarida payvand birikmalarni buzmasdan nazorat qilish mustaqil texnologik jarayon qilib ajratilgan, chunki ko‘pchilik hollarda nazorat qilishning og‘irligi (ko‘p mehnat talab ekanligi) payvandlash jarayoni qiyinligiga bog'liq. Bir qator konstruksiyalarni tayyorlashda nazoratga sarflanadigan harakatlar ularni payvandlashga ketadigan xarajatlardan ko‘pdir, nazorat qilish operatsiyalarining qiymati esa konstruksiya umumiy qiymatining 25 - 35% ini tashkil etishi mumkin. Buning sababi shundaki, payvandlash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi ancha yuqori (35 - 40%) bo‘lib, ayni paytda, avtomatlashtirilgan buzmasdan nazoratning ulushi juda ham kam (1 - 2%). Shuning uchun hozirgi vaqtda payvand birikmalarning sifatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan uslublarini tezkor joriy qilishga alohida e'tibor berilmoqda. Bugungi kunda elektrkimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yoy) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. Payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yoy bilan payvandlashda buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi. Bunday payvandlash qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron-nur yordamida payvandlash usullari ham bor. Suv ostida payvandlash (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda payvandlash (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida payvandlash usullari takomillashtirilmoqda.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling