О’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligi islom kаrimov nomidаgi toshkent dаvlаt texnikа universiteti olmаliq filiаli


Yoyli dastakli payvandlashda ishlatiladigan payvandlash materiallari


Download 1.42 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1501918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
пайвандлаш

Yoyli dastakli payvandlashda ishlatiladigan payvandlash materiallari.
Yoyli-dastakli payvandlash - yoyli payvandlashda yoy yonishi, elektrod uzatilishi va siljitishi qo’lda bajariladi. Yoyli-dastakli payvandlashda yoy yonishi, payvandlash davrida uni ushlab turish, payvandlanayotgan yuza bo‘yicha siljitishni payvandchi qo’lda bajaradi. Normal yoy uzunligi elektrod diametridan 0,5-1,1 mmga oshmaydi. Elektrod diametri 3-6 mm ni tashkil etadi. Payvandlash ishlarining asosiy hajmi 90- 350 A va 18-30 V kuchlanishda bajariladi. Yoyli-dastakli payvandlash uchun qoplamali metall elektrodning metall o‘zagiga maxsus qoplama qoplangan bo’ladi.
1- rasm. Yoy bilan dastakli payvandlash postining chizmasi: a, b - o'zgaruvchan tok bilan; d, e - o‘zgarmas tok bilan.
Payvandlash postlariga o'zgaruvchan tok maxsus transformatorlardan, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichlardan beriladi. 1-a rasmda o'zgaruvchan tok bilan elektr yoy yordamida (qo'l bilan) payvandlash postining prinsipial elektr chizmasi, 1-b rasmda esa bunday postning umumiy ko'rinishi ko‘rsatilgan. 220 yoki 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoq (1) dan biriktirgich-ajratgich (2) va saqlagich (3) orqali tok manbayi - payvandlash transformatori (4)ga beriladi. Bu yerda tok yoy hosil bo’lishi uchun zarur bo‘lgan 60 -75 V kuchlanishgacha transformatsiyalanadi va payvandlash simlari (5) orqali qisqich (6) va elektrod tutqich (7) orqali buyum (5)ga beriladi. 1-d rasmda o ‘zgarmas tok bilan elektr yoyi yordamida dastakli payvandlash postining prinsipial elektr chizmasi 1-e rasmda esa bunday postning umumiy ko'rinishi ko‘rsatilgan, bu holda tok 220 yoki 380 V kuchlanishli tarmoqdan o‘zgartirgichga ke!adi. Elektrodlarni qizdirish uchun quritish shkafi yoki quritish o'chog’i zarur bo'ladi, o‘chog’ni payvandchilarning ish hajmiga va payvandlash sharoitiga qarab bir necha post uchun bitta o‘rnatish mumkin. Agar payvandchi yig'ish-payvandlash moslamasidan yoki pnevmoyuritmali asbobdan foydalanadigan bo'lsa, kabinaga siqilgan havo o‘tkaziladi. Kabinada payvandchi uchun metali stol va balandligi bo‘yicha rostlanadigan o‘rindiqli stul turishi kerak.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling