O„zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi islom karimov nomidagi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana17.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1705661
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari 1-qism (2)

Kirgizma funksiyalarni qo„llash. MathCAD tizimida ko‗pgina 
kirgizma funksiyalar mavjud. Xato, kamchiliklarga yo‗l qo‗ymaslik uchun 
funksiyaning nomini klaviaturadan kirgizmaslik tavsiya etiladi. Ko‗p 
ishlatiladigan sin, cos, tg, ln va boshqalarni Calculator instrumentlar 
panelidan foydalangan holda berish mumkin. Boshqa funksiyalarni Insert 
yoki f(x) buyruqlari bilan kiritish lozim bo‗ladi. Buyruq taqdim etadigan 
darchada (5-rasm) foydalanuvchi funksiyaning toifasini belgilashi, uning 
yozilish namunasi bilan tanishish, so‗ngra kerakli tanlovni aniqlashtirishi 
mumkin. Mana shulardan so‗ng tizim foydalanuvchiga zaruriy 
parametrlarni yozish lozim bo‗lgan shablonni taqdim etadi. 
Funksiya xususiyati qiymatni qaytarishdir, ya‘ni unga yuzlanilganda u 
o‗zining qiymatini qaytaradi. 
5.5- rasm. Insert->Function qo‗yilma funksiya buyrug‗ining 
ishchi darchasi 


34 
O„zgaruvchilarni va foydalaniladigan funksiyalarni aniqlash. 
 
 MathCAD tizimida boshqa istalgan dasturlash tillaridagidek, 
xotiraning har bir uyachasiga bitta nom identifikator mos keladi. U esa 
tizimning o‗rnatilgan so‗z tartibiga monand holda tanlanadi. MathCADda 
identifikatorlar lotin yoki grek alfavitining harflaridan va raqamlaridan 
tuzilgan bo‗lishi, ammo boshlang‗ich holatda faqat harf turishi mumkin. 
Identifikator tizimdagi xizmatchi so‗zlar bilan ustma-ust tushmasligi 
darkor. MathCAD kichik va bosh harflarni ajrata olishini ko‗zdan 
qochirmaslik kerak. 
 
Lokal va global o„zgaruvchilar. Boshqa dasturlash tillarida 
bo‗lganidek, MathCADda ham lokal va global o‗zgaruvchilar farqlanadi. 
―:=‖ ramzi bilan MathCADda lokal o‗zgaruvchilar belgilanadi. Buning 
uchun ―:=‖ ramzi kiritilsa kifoya. 
Global o‗zgaruvchi ―o‗zgaruvchi≡ifoda‖. Global o‗zgaruvchilarning 
lokal o‗zgaruvchilardan farqi ular hujjatining istalgan joyda qo‗llana 
olishidir (shu bilan bir qatorda ularni aniqlashtirishdan oldin va yuqori 
qismida). 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling